So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

"Manchester Yunayted" Marsyal borasida hech qanday so'rov olmagan. Klub xaridor topilishiga shubha qilmoqda Yangiliklar

"Manchester Yunayted" Marsyal borasida hech qanday so'rov olmagan. Klub xaridor topilishiga shubha qilmoqda

"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Ingliz klubi hali futbolchi borasida jiddiy so'rovlarni olmagan.

Bir hafta oldin futbolchining agenti Filippe Lamboli Marsyal qishda "Yunayted"ni tark etishni istayotganini aytgandi. Biroq bu bayonot ham francuzga bo'lgan qiziqishning ortishiga sabab bo'lmadi.

"Manchester Yunayted" Antonining transferi uchun kerakli summani to'lashga qodir, shuningdek, futbolchiga Manchesterdagidek yuqori maosh to'lashga tayyor klub topilishiga shubha qilmoqda.

MYU hujumchini transfer qilish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, chunki murabbiy Ralf Rangnik faqat klubdagi mavqeidan mamnun bo'lganlar bilan ishlashni xohlashini aytdi.

SHu bilan birga, "Manchester Yunayted" futbolchini sotish uchun uning narxni pasaytirmoqchi emas. Bundan tashqari, agar u ijara asosida boshqa jamoaga ketsa, klub unga maoshning katta qismini to'lashga tayyor emas.

Marsyalning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi va yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini o'z ichiga oladi.

26 yoshli hujumchi "Manchester Yunayted" tarkibida APL doirasida bor-yo'g'i ikki marta asosiy tarkibda, yana beshta uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi. Bundan tashqari, Marsyal CHempionlar ligasida ikki o'yinda ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика