"Manchester Yunayted" Lukakuni deyarli 400 ming funtga jarimaga tortadi
08 avg 2019 13:08
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Lukakuni deyarli 400 ming funtga jarimaga tortadi
"Manchester Yunayted" hujumchi Romelu Lukakuni klubning mashg'ulotlar bazasiga o'z vaqtida kelishdan bosh tortgani sababli jarimaga tortadi.
26 yoshli belgiyalik futbolchi 400 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortiladi. Bu futbolchining ikki haftalik maoshiga teng.
Lukaku "Anderlext"ning yoshlar jamoasi bilan mashg'ulotlar olib bordi.
U o'zining harakatlari bilan MYUni uni sotishga majburlamoqchi.
26 yoshli forvard o'tgan mavsum MYUning barcha musobaqalarida 45ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 4ta assistga erishgan.
Fikrlar