

Belgiya terma jamoasi hujumchisi Lukaku tatilni MYUning fransiyalik futbolchisi Pogba singari Kaliforniyada o'tkazayotgandi. Lukaku reja bo'yicha juma kuni Joze Mourinyu jamoasiga qo'shilishi kerak edi. Ammo endilikda Lukaku MYUga Los-Anjelesda qo'shiladi. Lukaku transfyerdan avval u yerda tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan. Mankuinlar u erga yakshanba kuni borishadi.
Lukakuga "Chelsi" jamoasi ham jiddiy qiziqayotgandi. Biroq "Manchester Yunayted" hujumchini qo'lga kiritishda chaqqonroq harakat qildi.
"Manchester Yunayted" Lukaku uchun "Everton"ga 75 million funt sterling to'laydi.



