"Manchester Yunayted" ikki himoyachi uchun 117 mln. evro to'lamoqchi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2018, 11:24
"Manchester Yunayted" joriy mavsum oxirida himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Mankunianlar "Barselona" markaziy himoyachisi Samuel Yumtiti va "Yuventus" chap qanot himoyachisi Aleks Sandroni xarid qilmoqchi.

Yumtitining shartnomasidagi tovon puli - 60 mln. evro. Turinliklar Sandro uchun 57 mln. evro talab qilmoqda.

Oldinroq, MYU Yumtitiga 9 mln. evrolik maosh to'lashga tayyorligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sunday Times