So’nggi yangiliklar

15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  3 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  15 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  5 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6

"Manchester Yunayted" darvozasini 2 soniya qo'riqlagan posbonning noyob karerasi Yangiliklar

"Manchester Yunayted" darvozasini 2 soniya qo'riqlagan posbonning noyob karerasi

U MYU darvozasini atigi 2 soniya himoya qildi va APLda boshqa hech qachon ko'rinmadi. Har holda u "qizil iblislar" safida o'ynashga ulgurdi.

Angliyadan noyob voqea

1999 yil 22 avgustda Premer-liganing 4-tur doirasida "Manchester Yunayted" "Xayberi"da "Arsenal" bilan o'ynadi. Birinchi bo'lim oxirida mezbonlar oldinga chiqib olishdi. Bergkampning uzatmasidan so'ng Yungberg gol urdi. Ammo ikkinchi bo'limda mehmonlar o'yin tizginini o'zgartira olishdi.

London klubi so'nggi soniyalarda hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Standart vaziyat, qanotdan uzatma, Metyu Apsonning bosh bilan bergan zarbasi va to'p Raymond van der Gouvning qo'lida. Biroq, "Arsenal" himoyachisi darvozabonning qo'lidagi to'pga zarba berdi va mehmonlar posboni to'pni qo'li bilan birga darvozaga olib kirdi. Tabiiyki, uchrashuvni boshqarayotgan hakam Grem Pol golni hisobga olmadi va qoidabuzarlikni qayd etdi. 

Ushbu vaziyatda van der Gouv boshidan jarohat oldi. Niderlandiyalik posbonni zambilda olib chiqib ketishdi.


Hakamning uchrashuv yakuniga etganini bildiruvchi so'nggi hushtagi chalinganicha yo'q, shuning uchun mehmonlar darvozabonni almashtirishi kerak edi. "Manchester Yunayted"ning zaxira o'rindig'ida kim bor? Mark Bosnich jarohati tufayli qaydnomaga kiritilmagan edi, shu sababli faqat uchinchi darvozabon 21 yoshli Nik Kalkin zaxirada o'tiribdi.

Kalkin maydonga yugurib tushdi, to'pni tepdi va bosh hakam Pol hushtak chalib o'yinni yakunladi. Nik maydonda faqat 2 soniya harakat qildi. Bu uning Premer-ligadagi debyuti edi, ammo u  shundan so'ng boshqa u erda ko'rinish bermadi.

Kalkin 1997-2002 yillarda Manchester klubi azosi hisoblangan, lekin bu vaqt davomida u ijara asosida "Xall Citi", "Bristol Rovers", "Livingston" kabi klublarda ijaraga berildi. Keyin esa erkin agent sifatida "Kuinz Park Reynjers"ga ko'chib o'tdi. London jamoasida ikki mavsum o'tkazdi (22 o'yin) va jarohat tufayli 26 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Nik shundan so'ng bog'dorchilik bilan shug'ullangan, darvozabonlarga murabbiylik qilgan, shuningdek, vaqti-vaqti bilan ishqibozlar uchun o'ynagan.

Ammo bu bilan uning futbol haqidagi hikoyasi tugamadi. 2005 yilda "Manchester Yunayted" muxlislari amerikalik Gleyzerlar oislasining sevimli klublari egasiga aylanishidan norozi bo'lib, o'ninchi divizionda o'z jamoalari — "Yunayted of Manchester"ni tashkil qilishdi.

2014 yilda Kalkin ettinchi ligaga chiqqan "Yunayted of Manchester"ga taklif qilindi. Nik 3ta o'yinda darvozani himoya qildi va "Manchester Yunayted" hamda "Yunayted of Manchester" jamoalari uchun o'ynagan birinchi futbolchiga aylandi.  

Mana, noyob karera!

Xurshida Abdikulova tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика