"Manchester Yunayted" darvozaboni: "Juma kuni hech bir o'yinchi shirinlikka qo'l uzatmadi, barcha Ronalduning tarelkasiga nazar soldi"
13 sen 2021 21:27
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" darvozaboni: "Juma kuni hech bir o'yinchi shirinlikka qo'l uzatmadi, barcha Ronalduning tarelkasiga nazar soldi"
"Manchester Yunayted" darvozaboni Li Grant jamoaning juma kuni kechki ovqat vaqtidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Odatda juma kuni kechki ovqatdan so'ng o'yinchilarga bir necha turdagi shirinliklar taklif qilinadi. Ammo bu safar hech bir futbolchi bu shirinliklarga tegmadi — barcha Krishtianuning tarelkasidagi narsalarga qaradi", — dedi Grant.
Darvozabonning so'zlariga ko'ra, Krishtianu Ronaldu kechki ovqat paytida salomatlik uchun eng foydali taomlarni istemol qilgan. Boshqa narsalar qatorida portugaliyalik yulduzning tarelkasida avakado va qaynatilgan tuxum bor edi.
Eslatib o'tamiz, shanba kuni "Manchester Yunayted" "Nyukasl"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi, uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi.
Fikrlar