"Manchester Yunayted" Bundesliganing 18 yoshli yulduzini sotib olmoqchi
01 fev 2019 16:34
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Bundesliganing 18 yoshli yulduzini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" "Borussiya D"ning 18 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni nishonga oldi.
Bu haqda "Metro" nashri xabar berdi.
Sancho "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2015 yildan beri "shaharliklar" akademiyasida shug'ullangan. 2017 yilning yozida esa klub bilan yangi shartnoma tuzishni xohlamagan, chunki uni SHimoliy Amerika bo'ylab turnega ketadiganlar ro'yxatiga kiritishmagan. SHundan so'ng Jeydon "Borussiya"ga ketgan. 2018 yilning oktyabrida esa uni Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. Joriy mavsum Germaniya chempionatida Sancho 19ta o'yin o'tkazdi va 6ta gol urib, 9ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar