"Manchester Yunayted" bosh murabbiy izlashdan to'xtadi. Klub Rangnikning ishidan qanoatlanmoqda
27 jan 2022 15:11
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" bosh murabbiy izlashdan to'xtadi. Klub Rangnikning ishidan qanoatlanmoqda
"Manchester Yunayted" bosh murabbiy izlashni to'xtatdi va Ralf Rangnikni doimiy bosh murabbiy sifatida qoldirishni o'ylamoqda, deb xabar beradi The Sun.
Manbaaning xabariga ko'ra, 63 yoshli germaniyalik mutaxassis mavsum oxirigacha ushbu kursiga loyiqligini isbotlash uchun imkoniyat taqdim etiladi va rahbariyat uni to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Klub ushbu vaqt davomida Ralf nimalarga erishishi, qanday natija ko'rsata olishini ko'rish qiziq.
Takidlanishicha, APL TOP-4"dan joy olish va ECHLga yo'llanmaga ega chiqish Rangnikning o'z ishini saqlab qolishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Rangnik qo'l ostida MYU barcha turnirlarda 10 uchrashuvda 6 g'alaba qozondi, 3 durang qayd etib, 1 bor mag'lubiyatga uchradi.
Yanvar oyi avvalida murabbiyning ish olib borishi jamoa etakchisi Krishtianu Ronalduga maqul kelmayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Fikrlar