"Manchester Yunayted" "Barselona"ning amerikalik futbolchisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
20 may 2022, 19:26
MYU "Barselona" himoyachisi Serjino Destga qiziqmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Futbolchini avval u bilan "Ayaks"da birga ishlagan mankunianlar yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag xarid qilishni talab qilmoqda.

21 yoshli Dest joriy mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 90 min