"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
24 apr 2021 12:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633434_original.jpg)
![](/upload/storage/633434_220.jpg)
"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
"Barselona"ning bosniyalik yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
31 yoshli ijrochiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Manchesterliklar ustozi Ole-Gunnar Sulsher xavbekni "Old Trafford"ga chaqirishda tashabbus bilan chiqmoqda. Norvegiyalik Pyanichni braziliyalik Fredning o'rnida o'ynatmoqchi.
Miralem "Barselona"ga 2020 yilning yozida o'tgan edi. Uning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar