"Manchester Yunayted" "Atletiko" yarim himoyachisini nishonga oldi
07 noy 2022 22:25
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Atletiko" yarim himoyachisini nishonga oldi
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Markos Lorente Ispaniya chempionatini Angliya Premer-ligasiga o'zgartirishi mumkin.
Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchining transferiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" o'z navbatida, Evropa musobaqalaridagi omadsizlik tufayli moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida Markosni sotishga tayyor.
Lorentening transfer narxi – 40 million evro. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Markos joriy mavsum 9 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar