"Manchester Yunayted" "Atletiko" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin
14 may 2020 10:20
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" "Atletiko" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin
"Atletiko" xavbeki Saul Niges klubini o'zgartirishga yaqin.
25 yoshli ispaniyalik futbolchiga yozgi transferlar oynasida Pogbaning "Real" yoki "Yuventus"ga ketishi sabab "Manchester Yunayted" katta qiziqish bildirgan.
Xabar qilinishicha, "Atletiko" koronavirus pandemiyasi tufayli kelib chiqqan moliyaviy inqiroz sabab Saulning narxini 150 million evrodan 75 milliongacha tushirishga rozi bo'lgan. "Manchester Yunayted" va ispaniyaliklar o'rtasidagi muzokaralar yakunlovchi bosqichga etib kelgan.
Saul joriy mavsum La Liga doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar