"Manchester Yunayted" 1981 yilgi antirekordini yangiladi
23 may 2022 01:12
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" 1981 yilgi antirekordini yangiladi
"Manchester Yunayted" APLning 38-turi doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda (0:1) mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, Evropa ligasiga yo'l oldi.
“Qizil iblislar”ning omadi keldi, chunki yaqin taqibchisi “Vest Xem” “Brayton”ga yutqazdi (1:3).
Statistikaga ko'ra, bu natija "Manchester Yunayted"ning safardagi ketma-ket oltinchi mag'lubiyatidir. Oxirgi marta jamoa xuddi shunday natijani 1981 yilning mart oyida qayd etgandi.
Ralf Rangnik shogirdlarining to'plar farqi ijobiy emasligini (0) ko'rish mumkin, bu 1989/90 yilgi mavsumdan (-1) keyin ilk bor sodir bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" mavsumni oltinchi o'rinda yakunladi. Jamoani yangi mavsumdan Erik ten Xag boshqaradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar