"Manchester Yunayted" 18 yoshli futbolchining transferini elon qildi
06 okt 2020 01:30
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" 18 yoshli futbolchining transferini elon qildi
"Manchester Yunayted" "Atalanta" bilan Amad Dialloning transferi borasida kelishib oldi.
Bu haqda mankunianliklar rasmiy saytida malumot berilgan. 18 yoshli ivuarlik vinger 2016 yildan buyon "Yunayted" skautlari kuzatuvida bo'lgan va rivojlanish jarayoni nazorat ostiga olingan.
Diallo A Seriyadagi debyut o'yinidayoq gol urishga erishib, "Atalanta" yoshlar jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylanib olgan.
Futbolchi yanvar oyida "Yunayted" tarkibiga borib qo'shiladi va o'sha vaqtda klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar