“Manchester Yunayted” “Yuventus”dan Nani uchun 22 million evro so'rayapti
30 dek 2013 10:31
Yangiliklar


“Manchester Yunayted” “Yuventus”dan Nani uchun 22 million evro so'rayapti
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Nani faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.
Inglizlar klubi rahbariyati portugaliyalik futbolchining transferidan 22 million evro foyda ko'rmoqchi.
Avval berilgan xabarlarda turinliklar kelishuvga Mirko Vuchinichni ham qo'shishlari aytib o'tilgan edi.
Ushbu mavsumda Nani 8 marotaba maydonga tushgan.

Fikrlar