So’nggi yangiliklar

12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  0 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  39 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7

Manchester Yunayted - Tottenxem Prevyu Yangiliklar

Manchester Yunayted - Tottenxem Prevyu

APL 20-turidan o'rin olgan markaziy o'yin prevyusi bilan tanishib oling.
Stadion: "Old Trafford", Manchester.
Musobaqa: Premer-liga 20-tur.
CHorshanba, 1 yanvar 2014 yil.
Boshlanish vaqti: 22:30 (Toshkent).
Bosh hakam: Xovard Uebb.
Qanot xakamlari: Mayk Mallarkiy, Darren Kann.
Zaxira hakami: Neyl Suorbrik.

O'YIN OLDIDAN MA'LUMOTLAR

"Manchester Yunayted"

"Qizil iblislar" Ueyn Runini holatiga qaragan holda bu uchrashuvda uni maydonga tushirish yoki tushmasligini hal qiladi. Robin van Persi esa bu uchrashuvda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.
CHetlatish: Yo'q.
Jarohat olganlar: Rafael, Jons, Nani, Fellayni, van Persi.
So'roq ostida: Runi.

Qaydnoma: De Xea, Lindegard, Jonston, Rafael, Smolling, Ferdinand, Evans, Evra, Vidich, Fabio, Valensiya, Nani, Kerrik, Fletcher, Kleverli, Giggz, Anderson, Yang, Zaha, Yanuzay, Runi, Uelbek, Kagava, Ernandez.

"Tottenxem"
"SHporlar" tarkibida Paulino ushbu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Kayl Uoker esa diskvalifikaciya muddatini o'tab safga qaytdi va bu uchrashuvda maydonga tushirilishi mumkin. SHuningdek, bu uchrashuvda Defo va Denni Rouzning maydonga tushirilishi so'roq ostida.
CHetlatish: Yo'q.
Jarohat olganlar: Keyn, Taunsend, Raneri, Kobul, Vertongen, Paulino.
So'roq ostida: Defo, Denni Rouz.

Qaydnoma:
Loris, Fridel, Uolker, Noton, Frayers, Rouz, Dauson, Kirikesh, Velkovich, Kapu, Dembele, Lennon, Frederiks, Bentaleb, Sigurdsson, Eriksen, CHadli, Lamela, Xoltbi, Adebayor, Defo, Soldado.


JAMOALAR HOLATI
"Manchester Yunayted"
6-o'rin, 34 ochko.


Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha musobaqalarda) +6=0-0

"Manchester Yunayted" oxirgi o'tkazgan barcha musobaqalarda 6ta g'alabaga erishdi. Ularning 4tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Bu natija ularning 2012 yil avgust-sentyabr oylaridan buyon ko'rsatgan eng yaxshi g'alabali natijalari hisoblanadi.

Devid Moyes jamoasi chempionat doirasidagi oxirgi 13 uchrashuvdan 8tasida g'alaba qozonib, ikki bora mag'lubiyatga uchrashgan.

"Yunayted" chempionat doirasida 76 uchrashuvdan buyon penaltidan gol o'tkazib yubormagan.

"Tottenxem"
7-o'rin, 34 ochko.


Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha musobaqalarda) +3=1-2

"SHporlar" Premer-liganing so'nggi 3 uchrashuvida 7ta gol urishga erishdi. Andre Villash-Boash boshchiligidagi "Tottenxem" esa oxirgi 7 uchrashuvda 7ta gol kirita olgan edi.

O'tgan turda "Stok Siti" ustidan 3:0 hisobida qozonilgan g'alaba, "Tottenxem" uchun Premer-ligada 2012 yilning 26 dekabrida "Aston Villa" ustidan qozonilgan 4:0 xisobidagi g'alabadan so'ng eng yirik g'alaba bo'ldi.

"Tottenxem" bu mavsumda qolgan klublarga qaraganda ko'proq penalti tepishmoqda (4ta). Ularning barchasini Roberto Soldado amalga oshirmoqda.

FUTBOLCHILAR VA REKORDLAR HAQIDA

"Manchester Yunayted"
To'purarlar:
Runi 11 gol (9ta ligada), van Persi 10 gol (7ta ligada)

Ueyn Runi chempionat doirasida ushbu mavsumda "qizil iblislar"ning 28 foiz golini urgan.

Runi chempionat doirasida "shporlar" darvozasini 9 bora ishg'ol qilgan. U so'nggi 6 uchrashuvda 7 bora "shporlar"ni xafa qilgan.

Denni Uelbek Premer-liganing so'nggi 4 uchrashuvida 4 ta gol kiritib 1 bora golli uzatma amalga oshirgan.

Agarda Maykl Kerrik bu uchrashuvda maydonga tushirilsa, u holda Kerrik sobiq klubiga qarshi maydonga tushgan bo'ladi.

"Tottenxem"
To'purar:
Soldado 8 gol (5ta ligada).

Agarda Zeki Frayers bu uchrashuvda maydonga tushirilsa, u holda Frayers sobiq klubiga qarshi maydonga tushgan bo'ladi.

JAMOALAR O'RTASIDAGI UCHRASHUVLAR

Ushbu klublar barcha musoboqalarda jami 179 bora o'zaro maydonga tushishgan. SHulardan 84 tasida "Manchester Yunayted", 47tasida esa "Tottenxem" g'alaba qozongan. SHuningdek 48 bora durang natija qayd etilgan.

"SHporlar" Premer-liga doirasida "Yunayted"ga qarshi so'nggi 25 uchrashuvda faqatgina bir bora g'alabaga erishgan - 1 g'alaba, 7 durang, 17 mag'lubiyat.

"Tottenxem" chempionat doirasida "Old Trafford"da o'tgan 19 uchrashuvdan 13tasida "Yunayted" darvozasini ishg'ol qila olmagan.

Ikkinchi tomondan "Yunayted" chempionat doirasida 3 uchrashuvdan buyon "Tottenxem"ni mag'lubiyatga uchrata olmayapti - 2 durang, 1 mag'lubiyat.

O'ZARO UCHRASHUVLAR

Angliya chempionati: "Manchester Yunayted" 76, "Tottenxem" 36 g'alaba, 41 durang.

APL: "Manchester Yunayted" 29, "Tottenxem" 4 g'alaba, 10 durang.

O'TGAN MAVSUMDAGI UCHRASHUV

"Tottenxem" - "Manchester Yunayted" 1:1

Sana: 20 yanvar 2013 yil.
Hakam: Kris Foy.
Gollar: "Tottenxem": Dempsi 90+3 - "Yunayted": van Persi 25.

BIRINCHI DAVRADA KECHGAN UCHRASHUV

"Tottenxem" - "Manchester Yunayted" 2:2
Sana:
1 dekabr 2013 yil.
Hakam: Mayk Din.
Gollar: "Yunayted": Runi 32, 57 (pen) - "Tottenxem": Uoker 18, Sandro 54.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика