"Manchester Yunayted" Di Mariyani jarimaga tortdi va uning transfer qiymatini oshirib qo'ydi
01 avg 2015 11:58
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Di Mariyani jarimaga tortdi va uning transfer qiymatini oshirib qo'ydi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal AQSHdagi yig'inda qatnashishdan bosh tortgan yarim himoyachi Anxel Di Mariyadan jahli chiqdi.
PSJga o'tishga yaqin turgan Di Mariya ingliz klubi tomonidan 350 ming funt jarimaga tortildi, ammo bosh murabbiyning fikricha, bu kam, chunki u "qizil iblislar"ga nisbatan hurmatsizlik qilgan. Mankunianlar rahbariyati PFA bilan futbolchini jazolash haqida suhbatlashib olmoqchi.
Bundan tashqari, "Manchester Yunayted" Di Mariyani endi 43,7 mln. funtga emas, 45 mln. funtdan kamiga sotmoqchi emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar