So’nggi yangiliklar

00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 3:0 (матнли трансляция)  100 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10

"Manchester Siti"ni ikki yilga evrokuboklardan chetlatishdi. Tekshiruv ishlarini Belgiya sobiq vaziri olib bordi Yangiliklar

"Manchester Siti"ni ikki yilga evrokuboklardan chetlatishdi. Tekshiruv ishlarini Belgiya sobiq vaziri olib bordi

"Manchester Siti"ni ikki yilga evrokuboklardan chetlatishdi. Tekshiruv ishlarini Belgiya sobiq vaziri olib bordi

Tekshiruv ishlarini Belgiya sobiq vaziri olib bordi"Manchester Siti"ni ikki yilga evrokuboklardan chetlatishdi. Tekshiruv ishlarini Belgiya sobiq vaziri olib bordi. Klublarni nazorat qiluvchi moliyaviy kuzatuv palatasi (CFCB) Angliya chempionini feyr-pley qoidalarini buzishda aybladi va diskvalifikaciya bilan tahdidi qildi, ammo ko'pchilik bunga ishonmagandi.

Endi hammasi rasman tasdiqlandi: Klub ikki mavsum evrokuboklarda ishtirok eta olmaydi va homiylik daromadlarini oshirib ko'rsatgani uchun 30 mln. evro miqdorida jarima to'laydi. "Siti"ning so'nggi umidi Sport arbitraj sudi (CAS): U erda CFCB qaroriga etiroz bildirish mumkin.


"Siti"da muammolar borligi haqidagi gap-so'zlar 2018 yilning kuzida boshlangan edi. O'shanda Football Leaks "Manchester Siti" moliyviy feyr-pley (MFP)ni aldash uchun qanday sxemalardan foydalanayotganini elon qilgan edi. Ikki asosiy sxema bilan tanishing:

1. "Siti" futbolchilar imij huquqlaridan foydalanish imkoniyatini klub egasiga bog'liq kompaniyaga sotdi.


2. Klub har yillik 67,6 mln. funtli homiylik shartnomasini taminlash uchun shayx Mansur pullaridan foydalandi va homiylik to'lovlarini oshirib ko'rsatdi.


Football Leaks taqdim etgan malumotdan so'ng UEFAdagilar qimirlab qolishdi, ishga CFCB aralashdi. Qiziq, o'sha xabardan so'ng "Manchester Siti" saytida bayonot paydo bo'ldi. Klub UEFA tekshiruvlaridan xursandligini, chunki bu holat OAVda aytilayotgan mish-mishlarga nuqta qo'yishi haqida yozdi. "Siti"dagilar moliyaviy qoidabuzarlik yolg'on ekanligini malum qilishdi.


Endi "Siti"ning tekshiruvlarga bo'lgan munosabati keskin o'zgardi. 2019 yilning may oyida New York Times CFCB qoidabuzarlik aniqlaganini va UEFA klubni kamida bir yilga CHempionlar ligasidan chetlatishini yozdi. UEFA saytida CFCB tekshiruvni yakunlagani va ishni klublar moliyasini nazorat qiluvchi yana bir tashkilot Arbitraj palatasiga bergani haqida malumot paydo bo'ldi. Qanday jazo so'ralgani borasida hech narsa yozilmagandi, biroq ishni navbatdagi organga o'tkazilishi hammasi jiddiyligini bildirardi.

"Siti"ning navbatdagi bayonoti avvalgisidek bo'lmadi. Klub to'liq aybsiz ekanligini aytib, CFCBni tekshiruvni betartib tashkil qilganlikda aybladi. Eng qizig'i shundaki, "Siti" shaxsiyatga o'tdi: Bayonotda uch marta CFCB rahbari Iv Leterm nomi tilga olingan. "Siti" Letermni malumotlarni NYTga sotishda, Iv jamoasini klub hisobotlarini noto'g'ri talqin qilishda aybladi. New York Times malumotlariga ko'ra, Laterma 2019 yilning may oyida SHveycariyada "Siti" vakili bilan uchrashib, klubdagilardan MFP bo'yicha tushuntirish talab qilgan.


"Siti" Lozanadagi Sport arbitraj sudiga murojaat qildi va va UEFA qarorini o'zgartirishga urinib ko'radi. Klub navbatdagi bayonotni elon qildi: "Xafsalamiz pir bo'ldi, ammo UEFA arbitraj palatasining bugungi chiqishidan hayron bo'lmadik.


Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, bu ish UEFA tomonidan ochildi, uni UEFA tekshirdi va qarorni UEFA chiqardi. Bu ishni Sport arbitraj sudi ko'rib chiqishini xohlaymiz".


NYT bu tekshiruv ishi nafaqat "Siti", balki klublar moliyasini bilan shug'ullanuvchi nazorat palatasi obro'siga ham putur etkazishi mumkinligini yozgandi. Agar "Manchester Siti" jazodan qutilib qolganida, Leterm va tekshiruvning boshqa asosiy ishtirokchilari istefoga chiqardi.


Iv Leterm kim?

Leterm 58 yoshda, u Belgiya sobiq bosh vaziri. Belgiyada bosh vazirni qirol belgilaydi, Leterm ushbu vazifaga ikki marta tayinlangan. Ikkala boshqaruv davri ko'p asrlik frank-flamand kelishmovchilik davriga to'g'ri kelgan.


Ushbu kelishmovchilik sababi oddiy. Belgiyada ikkiga bo'lingan - Valloniya (asosiy til - francuz) va Flandriya (asosiy til - niderlandcha). Ular anchadan beri kelisha olishmaydi. Avvaliga mamlakat iqtisodiyotini Valloniya ko'targan bo'lsa, XIX asrdan Flandriya etakchiga aylanib oldi. Ko'p asrlik mojarolar tufayli, ushbu ikki hudud o'rtasida nikohlar ham juda kam.


Leterm dastlab 2008 yilning mart oyida vazirga aylangan. 2007 yilning iyunida o'tgan parlament saylovlarida Ivni qo'llab-quvvatlagan partiy g'olib bo'lgan edi. Biroq frank-flamand kelishmovchiligi tufayli bosh vazirga aylanish qiyin bo'ldi.

Leterm 2008 yilning dekabrida katta mojaro tufayli istefoga chiqdi. Belgiyaning Fortis banki 2008 yildagi inqirozdan jiddiy zarar ko'rgandi. Belgiya hukumati bankni inqirozdan qutqarish uchun Fortis akciyalarining katta qismini sotib oldi va keyinroq ushbu boshqaruv paketini Franciyaning Paribas bankiga pulladi. Fortis bankining boshqa akciyadorlari ushbu qarorga qarshi chiqib, sudga murojaat qilishdi. Keyinroq malum bo'lishicha, ishni yutish uchun Leterm hukumati sudga bosim o'tkazgan ekan. Natijada Leterm qirol Albertdan istefo so'radi.


2009 yilning noyabrida Leterm yana bosh vazirga aylandi. Amaldagi vazir Xerman van Rompey Evropa ittifoqi raisi etib saylangan edi. 2010 yilning aprelida frank-flamand kelishmovchiligi tufayli Leterm yana istefo so'radi.


Letermni 2015 yilda moliyaviy nazorat palatasi rahbarligiga taklif qilishdi. Janni Infantino ushbu tayinlovga izoh berayotganida, Ivni futbolni tushunuvi va sevuvchi inson deya atagan.


Letermning asosiy hobbiyi - echki ko'paytirish. Uning o'z fermasi bor.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика