"Manchester Siti"ga transfer taqiqi qo'yilishi mumkin
15 mar 2018 11:00
Yangiliklar
"Manchester Siti"ga transfer taqiqi qo'yilishi mumkin
FIFA "Manchester Siti"ning yosh futbolchilar bilan transfer qoidalarini buzganligi borasida holatni o'rganmoqda.
Ikki afrikalik futbolchi Jorj Devis va Dominik Oduro 18 yoshga to'lishdan oldin "Siti"ning yoshlari safida maydonga tushganini aytishdi. FIFA qoidalariga ko'ra, voyaga etmagan chet ellik futbolchilar maydonga tushishi mumkin emas.
Oldinroq, shunga o'xshash qoidalar tufayli "Real", "Atletiko" va "Barselona" jazolangan edi.
FIFA ayni damda shu kabi qoidabuzarliklar bo'yicha Angliyada tekshiruv ishlari o'tkazmoqda va "Siti"dan tashqari "CHelsi" ham jazolanishi mumkin.
Agar "shaharliklar"ning aybi isbotlansa, ular ham ispan klublaridek jazoga tortiladi.
Fikrlar