“Manchester Siti” va “PSJ” Pepeni o'z safiga chorlamoqda
05 apr 2017 01:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/247500_original.jpg)
![](/upload/storage/247500_220.jpg)
“Manchester Siti” va “PSJ” Pepeni o'z safiga chorlamoqda
Portugaliyalik futbolchi unga yiliga 12 million evrolik shartnoma taklif etga Xitoyning “Xebey CHayna Forchun” jamoasiga rad javobini bergan.
34 yoshli futbolchining “qirollik klubi” bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning yozida o'z nihoyasiga etadi va erkin agent sifatida klubni tark etadi.
Pepening xizmatlariga “ManSiti” va “PSJ” klublari qiziqish bildirishmoqda. Futbolchining agenti Jorje Mendesh ushbu jamoalar bilan muzokaralarni boshlash arafasida.
Malum bo'lishicha “Real” himoyachisining Xitoy jamoasiga o'tmasligiga Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernando Santush sababchi bo'lgan. Aynan terma jamoa ustozi futbolchi bilan suhbatda, uning Xitoyga ko'chib o'tishi Pepening Portugaliya termasi bilan JCH-2018da ishtirok etish ehtimoli kamligi haqida gapirgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar