"Manchester Siti" Silvaga yangi shartnoma taklif qiladi
19 dek 2021 17:16
Yangiliklar
"Manchester Siti" Silvaga yangi shartnoma taklif qiladi
"Manchester Siti" rahbariyati portugaliyalik xavbek Bernardu Silva bilan hamkorlikni davom ettirishga qiziqmoqda.
Angliya klubi yarim himoyachining o'yinlaridan mamnun va maoshini ko'targan holda, yangi mehnat shartnomasi bilan uni mukofotlamoqchi.
"SHaharliklar" futbolchining maoshini haftasiga 300 ming funt (~350 ming evro)gacha oshirishga tayyor. Bernardu bu bilan jamoaning eng yuqori maosh oladigan o'yinchilaridan biriga aylanadi.
Silvaning "Siti" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar