“Manchester Siti” rahbarlari Xitoy klubini sotib oldi
20 fev 2019 16:39
Yangiliklar


“Manchester Siti” rahbarlari Xitoy klubini sotib oldi
“Manchester Siti” jamoasiga tegishli bo'lgan City Football Group kompaniyasi Xitoyning "Sichuan Czyunyu" klubini sotib olganini elon qildi.
Uchinchi divizion vakili bo'lgan jamoa CHendu shahrida joylashgan bo'lib, 27 ming tomoshabinga mo'ljallangan arenaga ega.
SHu tariqa "Sichuan Czyunyu" City Football Group kompaniyasi tomonidan sotib olingan ettinchi jamoaga aylandi. Kompaniya “Manchester Siti” (Angliya) bilan birgalikda “Nyu-York Siti” (AQSH), “Melburn Siti” (Avstraliya), “Yokogama Marinos” (Yaponiya), “Atletiko Torke” (Urugvay) va “Jirona” (Ispaniya) klublarining ham egasi hisoblanadi.
Malumot o'rnida, City Football Group CHendu shahri klubini UBTECH va China Sports Capital bilan hamkorlikda qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar