So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  6 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  9 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  4 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

"Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" 2:3 uchrashuvidan ajoyib FOTOGALEREYA Yangiliklar

"Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" 2:3 uchrashuvidan ajoyib FOTOGALEREYA

Kecha Angliya Premer-ligasining 33-turi doirasida Mancheter derbisi o'tkazildi. Ushbu uchrashuvdan olingan eng sara suratlarni tomosha qiling.

Murabbiylar mavzusiga yana bir bor qaytamiz. Rasm chiroyli olingan-a.

"Yunayted" o'zini ko'rsata olmayotgan bir vaqtda Vensan Kompani gol urdi. Joze Mourino aytganidek, "Siti" bu mavsumda "Yunayted" darvozasiga burchak zarbasidan keyin uchinchi bora darvozani ishg'ol etmoqda.

PAQ! ZARBA! 2:0! Oradan 6 daqiqa vaqt o'tib, Ilkay Gyundogan hisobdagi farqni ikkita golga etkazdi. SHunday keyin "Yunayted" kambek qilishini kim ham bilibdi deysiz...

"Allooo, eshitilmayapti, muxlislar shu erdamisiz!" 97 soniya. Ha, Pogba ikkita gol urish uchun shuncha vaqt sarfladi va hisob tenglashdi - 2:2. MYU muxlislarida umid uchqunlari paydo bo'ldi.

Ikkinchi goldan 14 daqiqa vaqt o'tib, "Yunayted" himoyachisi katta sahnaga chiqdi. Kris Smolling jarimadan oshirilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi.

So'nggi 2 uchrashuvda 1 gol urib, 3 bora assistentlik qilgan Aleksis Sanches derbida juda zo'r o'yin namoyish qildi. Ikki golga hammualliflik qildi. Uning yulduzli onlari qaytayotgandir...

Internetda #DaveSave nomli xeshteg juda ko'paydi. David uchrashuvni alo darajada o'tkazdi. U MYUning eng barqaror futbolchisi.

Buni ko'rgan Joze...

 ...Gvardiolaga nimalar degan ekan?

Uchrashuv yakunlanganidan keyin "Yunayted" muxlislaridan baxtli insonlar bo'lmagan bo'lsa kerak. Ular bunga haqli. "Yunayted" safarda g'alabaga erishdi. Uch mavsumdirki "Siti" MYUni o'z maydonida mag'lub eta olmayapti.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика