“Manchester Siti”, “Liverpul” va PSJ 100 mln. evrolik futbolchi uchun kurashadi
10 mar 2019 23:12
Yangiliklar


“Manchester Siti”, “Liverpul” va PSJ 100 mln. evrolik futbolchi uchun kurashadi
“Napoli”ning italiyalik hujumchisi Lorenso Insine 2019 yilning yozida jamoani tark etishi kutilmoqda.
Neapolliklar 27 yoshli futbolchini 100 mln. evroga sotishni rejalashtirgan. Insinega ”Manchester Siti“, ”Liverpul” va PSJ klublari katta qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, ”Liverpul” mutasaddidlari futbolchini transfer qilish uchun “Napoli”ga 70 mln. evro taklif qilgandi. Biroq, “azzuri”lar bu summaga ko'nmagan.
Lorenco Insine joriy mavsum “Napoli” safida 33ta o'yin o'tkazib, 12ta gol urgan holda 7ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ygandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar