So’nggi yangiliklar

20:25Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:0. Матнли трансляция  0 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  0 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  0 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  0 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 18:41Расман: Дани Ольмо – "Барселона" футболчиси!  6 18:22Ли Карсли Англия терма жамоасининг вақтинчалик устози этиб тайинланди  1 17:59Суперлига. "Локомотив" – "Олимпик". Таркиблар маълум  2 17:34Футзал. ЖЧ-2008. Бразилияликлардан иборат ярим финалчилар ҳамда нотаниш аёл туфайли қаҳрамонга айланган Франклин Рузвельт ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:17"Барселона" собиқ футболчиси АПЛда ўйнайди  1 16:49Расман: "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Эронда давом эттиради  2 16:21"Бавария" юлдузи полиция билан катта муаммога дуч келди  2 15:54Суперлига. 15-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Сурхон" ва "Сўғдиёна" 2 нафардан йўқотишга эга  1 15:26"Челси" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтиши мумкин  1 14:59"Интер" украиналик форвардга даъвогар  4

"Manchester Siti" "Kristal Pelas"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

"Manchester Siti" "Kristal Pelas"ni yirik hisobda mag'lub etdi

"Manchester Siti" 3 - 0 "Kristal Pelas"


Gollar: Silva 48, Silva 60, Ture 80.

Ogohlantirishlar: Kolarov 36, Pancheon 41, Milner 78.

"Manchester Siti": Xart, Kolarov, Mangala, Demikelis, Sabaleta, Ture, Fernandino, Nasri (Sinkleyr 89), Milner (Fernando 82), Navas, Silva (Lempard 69).

Zahira: Lempard, Sinkleyr, Sanya, Fernando, Boyata, Kabalero

"Kristal Pelas": Speroni, Uord, Denn, Xangeland, Kelli, Edinak, Ledli (Bannan), Makartur, Bolasi, Pancheon (Tomas 84) , Kempbell (Zaa 67).

Zahira: Xenessi, Deleyni, Tomas, Bennan, Mariappa, Zaxa, Geyl

Hakam: Daud Fil.
20 dekabr. "Etixad Stedium" (Manchester).


                                  Uchrashuv tugadi.


90+2. Mehmonlarning so'nggi daqiqalardagi burchak to'pi ham omadsiz yakunlandi.


90+1. "Kristal Pelas" ham gol urishga harakat qilmoqda, ammo "Siti" himoyasi bunga yo'l qo'yib bermayapti.


90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'zgarish. Nasri o'rniga Sinkleyr maydonga tushdi.


87. Kolarovning chap qanotdan jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pini Speroni epchillik bilan egallab oldi.


86. Edin Jeko ham bugun zaxirada.


84. Uchrashuv yakunlanib bormoqda. Mezbonlar esa o'z maydonida yirik g'alabani nishonlashga yaqin turibdi.


80. GOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!!!!! YAYAYAYAYAYAYA TURE!!!! Qarshi hujumga o'tgan mezbonlar raqib himoyasini sochib tashladi va Yaya Ture chap oyog'i bilan "Kristal Pelas"ni jazoladi.


78. Ogohlantirish. Milner raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.


76. Agar mezbonlarning bugungi g'alabasini hisobga olib turnir jadvaliga yuzlansak, ular "CHelsi" etib olishdi, ammo to'plar nisbati "ko'klar"da yaxshiroq.


72. "Kristal Pelas" hozirgacha "avtobus"dan voz kechgani yo'q va bu foyda keltirmayapti.


71. "Siti"ning taktik hujumlari davom etyapti. Ularning mayda paslari raqibni sarosimaga solib qo'ymoqda.


69. O'zgarish. Lempard maydonda dubl muallifi Silvaning o'rnini egalladi.


Makartur ofsayddan turib raqib darvozasini aniq nishonga oldi, ammo bunday gollar qoidaga zid!

67. GOOOOLLLLLL!!!! Yo'q, o'yindan tashqari holat!


66. O'zgarish. Kempbell o'rniga uchrashuvni Zaa davom ettiradi.


65. "SHaharliklar" ikkinchi goldan keyin to'xtab qolishgani yo'q. Ular hujum qilishda davom etmoqda.


63. Maydon markazida Makartur tomonidan qoida buzildi.


CHap qanotdan etkazib berilgan to'pni David Silva darvozaga to'g'irlab qo'ydi!


60. Goooooollllllllll!!!!!!!!! Silva!!!!!!!!!


57. "SHaharliklar" o'yin tizginini qo'lga olishgan va ketma-ket hujumlar uyushtirishda davom etishmoqda.


56. "Siti"ning hujumini bartaraf qilib, qarshi hujumga o'tayotgan mehmon futbolchilar maydon markazida yana to'psiz qolishyapti.


55. Mezbonlarning hujumlari borgan sari xavfliroq tus olmoqda.


50. Texnik sabab tufayli ikkinchi bo'limning bir qismini sharhlay olmadik. Buning uchun muxlislardan uzr so'raymiz.


48.Gooooolllll!!!! Silva!!!!



                              Birinchi bo'lim yakunlandi


45. Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.


43. O'yin tempi oshib boryapti, ammo goldan darak yo'q.


42. Sabaleta darvozabon bilan birga-bir vaziyatda aniq zarba bera olmadi. Speroni esa himoyachiga gol urmaganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.


40. Kempbell qarshi hujumdan unumli foydalana olmadi.


38. Ikkala klub ham jamoaviy o'yin namoyish etishga harakat qilyapti. Hech bir futbolchi alohida ajralib turgani yo'q.


36. Sariq kartochka. Kolarov atayin Pancheonni to'xtatib qoldi.


35. "Siti" futbolchilari raqibni o'z jarima maydonchasida qamab qo'ygan, ammo ular jonli devordan o'ta olishmayapti.


33. Omadsiz standart!


32. "Kristal Pelas" burchak to'pi ishlab oldi.


31. Navas o'ng qanotdan to'pni o'z jamoadoshlariga etkazib berishga harakat qildi, ammo ispanning xar ikki oshirishini himoyachilar qaytarib qoldi.


26. Yana mayda to'p oshirishlar bilan londonliklar jarima maydonchasiga tashrif buyurgan "Siti" futbolchilari hech narsaga erisha olmadi.


25. Kolarov chap qanotdan Silvaga to'pni aniq etkazib berdi, ammo ispan aniq zarba bera olmadi.


23. Nasri jamoadoshi bilan "devor" o'ynab raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va ikki himoyachini aldab, to'pni Silvaga oshirdi. Lekin Davidning bergan zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi.


22. "SHaharliklar"ning taktik hujumi Yaya Turening noaniq zarbasi bilan yakunlandi.


21. Bu standart ham oldingilaridan qolishmadi. To'pni "Siti" futbolchilari olib qo'ydi.


20. Fernandino Makarturni o'z darvozasidan taxminan 30 metr uzoqlikda qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.


19. "Siti" himoyachilarining qaytargan to'pini, mehmon futbolchisi yana raqib jarima maydonchasiga tashladi. Bolasi esa akrobat usulda to'pga zarba berdi. Gol yo'q!


18. Londonliklarning burchak to'pi Jo Xart sabab yana befoyda yakunlandi.


16. "Kristal Pelas" futbolchilari ham jonlanganday. Mezbonlar bosim ostida.


14. Standart o'ynab yuborildi va Nasri darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi. Noaniq!


13. Mehmonlar darvozasi oldida qoidabuzarlik. Milnerga nisbatan qo'pollik.


11. "Manchester Siti" asta-sekin to'pga egalik qilish foizini oshiryapti va raqib darvozasiga yaqin kelib olmoqda.


9. Jarohatlangan Serxio Aguero o'z o'g'li bilan uchrashuvni tribunadan tomosha qilyapti.


7. "SHaharliklar" raqib jarima maydonchasi ichida mayda to'p oshirishlar bilan xavfli vaziyat yaratishga urinib ko'rdi, lekin so'nggi zarba darvoza to'sinining ancha tepasidan o'tib ketdi.


5. Maydon markazida David Silva raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Jarima zarbasi.


3. Jamoalar ilk daqiqalardan bir-birini o'rganishda davom etyapti.


2. "Manchester Siti"ning Nasri tomonidan birinchi zarbasi noaniq.


1.  Mehmonlar o'yindagi birinchi burchak to'pini amalga oshirdi, ammo Xart bu standartni mushtlari bilan yo'qqa chiqardi.


0. O'yin boshlandi!


Agar bugun "Siti" g'alaba qozonsa kamida ikki kun birinchi o'ringa chiqib olishi mumkin.


- Statistika. "Kristal Pelas". London shahri sharafini himoya qiluvchi bu klub, Premer-ligada 16-o'rinni band etgan. Ular 16ta uchrashuvda 15 ochko yig'ishga erishgan.

- Statistika. "Manchester Siti". "SHaharliklar" Premer-liganing 16ta uchrashuvining 11tasida g'alaba qozongan va 2 marta mag'lub bo'lib, 3 marotaba raqib bilan ochkolarni bo'lishib olgan. Angliya chempionatida 36 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi.

- "Good evening lady and gentleman!" deya barchaga salom yo'llab "Manchester Siti" va "Kristal Pelas" uchrashuvining matnli translyaciyasini boshlaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика