"Manchester Siti" Kopa Amerikada Argentina terma jamoasi futbolchisini kuzatadi
27 may 2019 18:11
Yangiliklar


"Manchester Siti" Kopa Amerikada Argentina terma jamoasi futbolchisini kuzatadi
Angliya chempioni "Betis" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Jovani Lo CHelsoga qiziqmoqda.
"Manchester Siti" Jovani Lo CHelsoni kuzatish maqsadida o'zining skautini Kopa Amerikaga yuboradi. "SHaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uning o'yiniga tashrif buyurishi ham ehtimoldan holi emas.
23 yoshli argentinalik yarim himoyachiga shuningdek, "Tottenxem" va "Atletiko" jamoalari ham qiziqishmoqda. "SHporlar" 60 million evrolik taklifi uchun rad javobini olishga ham ulgurishgan.
Futbolchi ushbu mavsum umumiy 47ta o'yin o'tkazib, 16ta gol va 5ta assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar