"Manchester Siti" Kanseluning transferi bo'yicha "Yuventus" bilan muzokaralarni boshladi
01 avg 2019 22:40
Yangiliklar


"Manchester Siti" Kanseluning transferi bo'yicha "Yuventus" bilan muzokaralarni boshladi
"Yuventus" klubining o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini APL chempioni safida o'tkazishi mumkin.
Angliya klubi portugaliyalik himoyachining transferi borasida muzokaralarni qayta boshladi. Bunga qadar turinliklar transfer oynasi boshida rad javobini berishgandi.
Avvalroq, "Manchester Siti" Kanseluni qo'lga kiritish uchun Danilo va 40 mln evro taklif qilgandi. "Yuventus" Kanseluni 60 mln evrodan kamiga sotmoqchi emasligini malum qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar