"Manchester Siti" joriy mavsum so'ngiga qadar Foden bilan shartnomani uzaytirmoqchi
06 apr 2022 14:07
Yangiliklar


"Manchester Siti" joriy mavsum so'ngiga qadar Foden bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Manchester Siti" yarim himoyachi Fil Foden bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
"SHaharliklar" muzokaralarning rivojlangan bosqichida va 2021/22 yilgi mavsum so'ngiga qadar bitim tuzishmoqchi. Tomonlar yangi kelishuv shartlari borasida yakuniy kelishuvga erishishlari qoldi.
Foden - "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi. Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O'yinchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi so'ngigga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar