“Manchester Siti” Joau Felish uchun 120 mln evro to'lashga tayyor
20 apr 2019 09:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/491221_original.jpg)
![](/upload/storage/491221_220.jpg)
“Manchester Siti” Joau Felish uchun 120 mln evro to'lashga tayyor
“Benfika”ning yosh yulduzi yozdayoq APLga ko'chib o'tishi mumkin.
Futbolchini “Manchester Siti” o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy bel bog'ladi. Felish uchun “shaharliklar” 120 mln evro to'lashga tayyor. Aynan shuncha mablag' futbolchining “Benfika” bilan tuzilgan shartnomasi tovon puli sifatida ko'rsatilgan. Joauga shuningdek, “Yuventus” ham qiziqish bildirmoqda. Malum bo'lishicha, turinliklar futbolchining agenti bilan uchrashuv o'tkazishga ham ulgurgan.
Joriy mavsum futbolchi Portugaliya chempionatida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar