“Manchester Siti” “Inter”ning Yovetichni ijaraga olish bo'yicha taklifiga rad javobini berdi
08 jan 2014 10:37
Yangiliklar


“Manchester Siti” “Inter”ning Yovetichni ijaraga olish bo'yicha taklifiga rad javobini berdi
“Manchester Siti” klubi hujumchisi Stevan Yovetichni, qishki transferlar oynasi mobaynida ijaraga olishga Italiyaning nafaqat “Fiorentina” klubi, balki “Inter” jamoasi ham urinayotgan edi.
“Fiorentina” Yovetich bilan yaxshi munosabatda, biroq jarohat olgan Juzeppe Rossini o'rniga 5 million evro maosh oladigan Yovetichni jamoaga olib kela olmaydi.
O'z navbati “Inter” klubi direktori Marko Branka ham Angliyaga uyushtirgan safarida, “Manchester Siti”dan Yovetichni ijaraga berishni so'ragan. Biroq “shaharliklar” taklifga rad javobini berishgan. Klub, yarim yil oldin 30 million evro evaziga sotib olingan chernogoriyalik futbolchini qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum Yovetich APLda faqatgina 3 ta o'yin o'tkazgan xolos.

Fikrlar