"Manchester Siti" futbolchilari "trebl" qayd etsa qancha mukofot puli olishi malum
06 may 2019 19:45
Yangiliklar


"Manchester Siti" futbolchilari "trebl" qayd etsa qancha mukofot puli olishi malum
"SHaxarliklar" joriy mavsum 3ta sovrin qo'lga kiritishsa, qo'shimcha bonuslar olishi elon qilindi.
Liga kubogi, Angliya kubogi va APL chempionligi uchun hamma futbolchilari umumiy 15 million funt olishadi. Futbolchilar har bir musobaqada beriladigan summaning 60 foizini olishi ko'zda tutilgan. Ammo, bu "Siti"ning barcha o'yinchilariga amal qilmaydi.
Bu albatta klubdagi asosiy o'yinchilar va ularning shartnomasiga qarab o'zgaradi. O'rtacha bonus 50 foizga qardar qisqaradi, deya malumot berdi The Telegraph nashri.
"Manchester Siti" Liga kubogida g'alaba qozondi. Angliya kubogi finalida o'ynaydi va APLda etakchilik qilmoqda. Agar "Siti" barcha musobqalarda chempion bo'lsa, bu Angliya tarixida birinchi bor ichki musobaqalarda qo'lga kiritilgan "trebl" bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar