"Manchester Siti" futbolchilari Fernandino ketganidan keyin Gyundoganni sardor sifatida tanlashdi. De Bryuyne vice-sardor bo'ldi
14 avg 2022 22:07
Yangiliklar


"Manchester Siti" futbolchilari Fernandino ketganidan keyin Gyundoganni sardor sifatida tanlashdi. De Bryuyne vice-sardor bo'ldi
Yarim himoyachi Ilkay Gyundogan "Manchester Siti"ning yangi sardoriga aylandi.
"The Telegraph" nashrining yozishicha, futbolchilarning ovoz berishi natijasida nemis futbolchisi "shaharliklar"ning yangi sardori etib tayinlandi. Kecha APL 2-turidan o'rin olgan "Bornmut"ga (4:0) qarshi o'yinda Gyundogan sardorlik bog'ichida maydonga tushdi.
Fernandino jamoani tark etgunga qadar Gyundogan "Manchester Siti" vice-sardori edi.
Endilikda yarim himoyachi Kevin de Bryuyne "shaharliklar" vice-sardori bo'ldi. O'tgan mavsum oldidan xuddi shunday ovoz berishda belgiyalik to'rtinchi o'rinni egallagan edi.
"Manchester Siti"ning yangi sardori uchun so'rovnomaga Kayl Uoker, Ruben Diash va Rodri ham kirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar