"Manchester Siti" Ferran Torres uchun bo'lgan raqobatda "Borussiya"ni engdi
22 iyu 2020 12:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582575_original.jpg)
![](/upload/storage/582575_220.jpg)
"Manchester Siti" Ferran Torres uchun bo'lgan raqobatda "Borussiya"ni engdi
"Manchester Siti" "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torres uchun bo'lgan kurashda g'olib bo'ldi.
Futbolchi uchun shuningdek Dortmundning "Borussiya" klubi ham raqobat qilgan edi, ammo ispaniyalik vatandoshi murabbiylik qiladigan jamoaga o'tishi malum bo'ldi.
Oldinroq, "Man Siti" "Valensiya" bilan transfer borasida kelishuvga erishgani, futbolchining o'zi ham bunga rozilik bildirgani haqida xabarlar yangragan edi.
Ferran Torres joriy mavsum klub miqyosidagi 44ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 8ta assist qayd etdi. Uning levanteliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar