"Manchester Siti" darvozaboni Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin
23 apr 20:21
Yangiliklar


"Manchester Siti" darvozaboni Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin
"Manchester Siti"ning asosiy darvozaboni Ederson o'z faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning malumotiga ko'ra, jamoani tark etishi mumkin bo'lgan nomzodlardan biri 31 yoshli Ederson hisoblanadi. Braziliyalik darvozabon o'zining yangi agenti, futbol afsonasi Julio Cezar bilan mavjud takliflarni o'rganishni boshlagan. Saudiya Arabistonining ayrim klublari bilan muzokaralar allaqachon olib borilmoqda. Bu aynan qaysi klublar ekani ochiqlanmagan. "Shaharliklar" rahbariyati ham yangi darvozabon izlash bilan mashg'ul.
Ederson 2017 yil yozida "Benfika"dan "Manchester Siti"ga 40 million evroga o'tgan edi. Shu vaqt ichida u klub uchun barcha musobaqalarda 365 ta o'yin o'tkazdi va jamoa bilan birga 18 ta sovrinni qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar