"Manchester Siti" Belgiya terma jamoasi futbolchisini sotib olmoqchi
27 may 2019 12:03
Yangiliklar


"Manchester Siti" Belgiya terma jamoasi futbolchisini sotib olmoqchi
"Monako" yarim himoyachisi Yuri Tilemans "Manchester Siti" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
22 yoshli belgiyalik futbolchi mavsumning yarmini ijara asosida "Lester"da o'tkazdi.
"Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim Tilemansni tarkibda ko'rmayotganligi sababli xavbek katta ehtimol bilan shu yozda jamoadan ketadi.
"Lester" ijarada o'ynagan paytdagi yorqin o'yinlari uchun futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatida. SHuningdek, belgiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqmoqda.
Futbolchi joriy mavsum premer-ligada 13ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assistga egalik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar