So’nggi yangiliklar

00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  3 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0

APL. Sterlingning goli "Manchester Siti"ga "Arsenal" ustidan g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

APL. Sterlingning goli "Manchester Siti"ga "Arsenal" ustidan g'alabani taqdim etdi

APL 5-tur doirasidagi "Manchester Siti" - "Arsenal" o'yini bo'lib o'tdi.

"Manchester Siti" - "Arsenal" 1:0

Gol: Sterling (23)

"Manchester Siti": Ederson, Uoker, Joau Kanselu, Ruben Diash, Ake, Rodri, Foden, Sterling, Bernardu Silva, Mahrez, Aguero.

"Arsenal": Leno, Belerin, Gabriel, Xolding, Tirni, Saka, Jaka, Villian, Sebalos, Pepe, Obameyang.


ANGLIYA PREMER-LIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Manchester City

Raheem Sterling - 23'

Premier League . 5-tur

17/10/2020, 22:30

0
:
1
Tugadi

Arsenal

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
14'  Rodri
23'  Raheem Sterling
63'  Joao Cancelo
65'  Sergio Aguero (Ilkay Gundogan)
68'  Ruben Dias
84'  Nathan Ake
89'  Phil Foden (Fernandinho)
69'  Willian (Alexandre Lacazette)
83'  Nicolas Pepe (Edward Nketiah)
83'  Granit Xhaka (Thomas Partey)
90'  Thomas Partey


O'YIN YAKUNLANDI

90+2. "Arsenal" hisobni tenglashtirish uchun oldinga bormoqda, ammo "Siti" futbolchilari hozircha xato qilishmayapti.

90. Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi.

89. Maydonni Fil Foden tark etmoqda, uning o'rniga Fernandino o'yinga qo'shildi.

87. "Manchester Siti" hali ham tingani yo'q, "Arsenal" esa hamon qarshi hujum rejasida o'ynayapti.

83. "Arsenal"da ikki o'zgarish: Nkite - Pepe, Parti - Jaka. "Atletiko" sobiq futbolchisi "Arsenal" tarkibida debyut qiladi.

82. Pepe! Uning jarimadan tepgan to'pi xavfli chiqdi, ammo biroz noaniq.

79. Ha, hozircha matnli translyaciyamizga yoziladigan darajadagi xavfli vaziyatlar ro'y bermayapti.

74. "Arsenal" vaziyatni o'nglashga harakat qilmoqda, ammo "Siti" hozircha raqibga imkon bermayapti.

69. Arteta ham o'zgarishga qo'l urdi: Lyakazett Villianni almashtirdi.

68. Navbatdagi sariq kartochka "shaharliklar" himoyachisi Ruben Diashga ko'rsatildi, Saka yana jabrlanuvchi.

65. "Siti"da o'zgarish: Gyundogan Agueroni almashtirdi.

63. Navbatdagi sariq kartochka Joau Kancheluga ko'rsatildi, u Tirnining oyog'ini butsasining tagi bilan bosib olgandi.

60. "Arsenal" hozirga qadar "Siti"ga nisbatan ko'proq burchak zarbasi ishladi: 4-5

55. Mahrez jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rdi, ammo bu Lenoga qiyinchilik tug'dirmadi.

51. Ikkinchi bo'limda "Arsenal" hisobni qisqartirishga uringa holda keskin hujumlar uyushtirishga harakat qilmoqda.

46. Pepening jarima maydonchasi ichida bosh bilan bergan zarbasini Ederson osonlik bilan egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.



BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

40. Sakaaaa! Obameyang Sakaga ajoyib pas berdi, ammo angliyalik futbolchining zarbasini Ederson ajoyib tarzda qaytardi.

39. Zarba berish bo'yicha ustunlik ham "Siti" tarafida: 10-3

34. Foden birga-bir vaziyatdan foydala olmadi, Leno jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

33. "SHaharliklar" ustunlikni o'z qo'llariga olishgan, "to'pchilar" esa qarshi hujumlarga ko'proq urg'u berishmoqda.

27. Mahrez "Siti"ning ikkinchi golini urishi mumkin edi, ammo bu vaziyatda Leno va "to'pchilar" o'yinchilari yaxshi harakat qilishdi.

25. Saka "Siti" jarima maydonchasi ichida kuchli zarba berdi, ammo Ederson vaziyatni bartaraf etdi.

23. GOOOOOOLLL!! Sterling ochiq darvozani ishg'ol qildi. Unga qadar esa Foden bir futbolchini aldab "Arsenal" darvozasini "o'qqa" tutgandi. Leno qaytargan to'p esa angliyalik futbolchiga kelib tushdi.

20. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "shaharliklar" tarafida: 64% - 36%

14. O'yindagi ilk sariq kartochka "Manchester Siti" xavbeki Rodriga ko'rsatildi. U Sakaning libosidan tortib qolgan holda qoidani buzgan edi.

10. O'yin hozircha sokin o'tmoqda. "Man Siti" to'pga egalik qilmoqda, ammo jamoalar keskin hujumlar uyushtirishmayapti.

7. Ancha muddatdan so'ng safga qaytgan Aguero Mahrezning uzatgan to'pini boshi bilan Leno darvozasiga yo'lladi, noaniq.

4. Hozircha to'p markazda ko'proq o'ynalmoqda, jamoalar dastlabki daqiqalarda ehtiyotkorlikka ko'proq ahamiyat berishmoqda.

1. Ilk zarba! Mahrez o'z omadini sinab ko'rdi, ammo uning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi noaniq ketdi.

1. O'yin boshlandi!

- Hayrli kech. Tez orada Angliya Premer-ligasi 5-tur doirasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan "Manchester Siti" va "Arsenal" jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanadi va bu bahsni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика