"Mana spirtli ichimlik odamlar bilan nima qiladi". Klopp "Borussiya"ning oltin dubli qanday nishonlanganini eslay olmaydi
01 may 2020 17:03
Yangiliklar


"Mana spirtli ichimlik odamlar bilan nima qiladi". Klopp "Borussiya"ning oltin dubli qanday nishonlanganini eslay olmaydi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Borussiya" bilan 2012 yil oltin dubl qayd etilgandan keyin nishonlash marosimini eslay olmasligi haqida gapirdi.
O'shanda murabbiy juda mast bo'lgan.
"Biz juda ham original tarzda nishonlagandik. Bu haqiqatdan ham uyoqdan buyoqqa yugurish ila o'tgan buyuk nishonlash bo'lgan. Bugun bunaqasi bo'lmaydi.
Men 2011 yilgi nishonlashda juda mast bo'lganman, lekin 2012 yil oltin dubldan keyin marosimni umuman sezmadim, eslay olmayman. Mana spirtli ichimlik odamlar bilan nima qiladi.
Spirtli ichmanglar, aks holda hayotingizdagi muhim onlarni yo'qotasiz", - dedi Klopp.
2011-2012 yilgi mavsumda Yurgen Klopp boshqaruvidagi "Borussiya" Germaniya chempioni bo'lgan va mamlakat kubogini qo'lga kiritgan. Finalda ular "Bavariya"ni 5:2 hisobida mag'lub etishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar