"Man Yunayted"ga germaniyalik yoki argentinalik murabbiy taklif qilinadi
06 noy 2020 19:44
Yangiliklar


"Man Yunayted"ga germaniyalik yoki argentinalik murabbiy taklif qilinadi
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyini almashtirish haqida o'ylamoqda.
ESPN xabariga ko'ra, Ole-Gunnar Sulsher ketadigan bo'lsa, uninng o'rnini ilgari "Tottenxem"ni boshqargan Maurisio Pochettino yoki "RB Leypcig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann egallashi mumkin.
Takidlanishicha, rahbariyat 33 yoshli nemis mutaxassisining nomzodini qo'llab-quvvatlaydi. Jamoa mutasaddilariga Nagelsmanning yoshlar bilan ishlash qobilyati va o'z jamoalariga singdiradigan o'yin uslubi maqul tushgan.
MYU oxirgi o'yinlarda "Arsenal" (0:1) va "Istanbul"ga (1:2) imkoniyatni boy bergach, Sulsherning taqdiri "Everton"ga qarshi uchrashuvning natijasiga bog'liqligi to'g'risida xabar berildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar