So’nggi yangiliklar

18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  1 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  31 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0

"Man Yunayted"da Ouendan keyin 7-raqamni olgan futbolchi hozir qaerda? Yangiliklar

"Man Yunayted"da Ouendan keyin 7-raqamni olgan futbolchi hozir qaerda?

2009 yil. Yozgi transfer mavsumi MYU uchun muhim ahamiyat kasb etgandi.

O'shanda klub tarixidagi eng qimmatbaho sotuv amalga oshirildi: Krishtianu Ronaldu ⇒ "Real Madrid" (94 mln evro). Asosiy shogirdi jamoani tark etgan bo'lsa-da, SAF yangi yulduzlarni jalb qilishga shoshilmadi. Klub transfer oynasi yopilguniga qadar faqat 3 futbolchi uchun pul sarfladi: "Bordo"dan 20 yoshli Gabriel Obertan (4 mln evro), "Uigan"dan 25 yoshli Antonio Valensiya (18,8 mln evro) va "Molde"dan 21 yoshli Mame Biram Diuf (4,5 mln evro).

Bu uchlikdan faqat ekvadorlik o'yinchining Manchesterdagi ishlari yurishib ketdi. Klub sharafini 10 yil davomida himoya qilgan Valensiyani hatto jamoa afsonalari qatoriga qo'shsak, mubolag'a bo'lmasa kerak. Zero, u "qizil iblislar" libosida Nemanya Vidich (300) va Krishtianu Ronaldudan (292) ko'proq o'yin o'tkazgan (339).

7-raqamning MYU tarixidagi o'rnini bilasiz. Etiborli jihati, mazkur raqamda to'p tepish baxti Erik Kantona, Devid Bekxem, Krishtianu Ronaldu va Maykl Ouendan keyin Antonio Valensiyaga ham nasib qildi. U 2012-13 yilgi mavsumni 7-raqamda o'tkazgan.

SHuningdek, Maykl Karrik faoliyatini yakunlaganidan keyin ekvadorlik tezkor futbolchi "Manchester Yunayted"ning asosiy sardori va etakchisiga aylandi.

Valensiyaning Manchesterdagi missiyasi 2019 yilda yakuniga etdi. SHundan keyin bir muddat vatanida o'ynagan futbolchi 2021 yilni Meksikaning "Keretaro" jamoasida boshladi.

Biroq, joriy yilning 12 may kuni sog'lig'idagi muammolar tufayli ortiq davom etolmasligini elon qilgan Valensiya 36 yoshida katta futbol bilan vidolashdi. Quyida uning MYU safida amalga oshirgan samarali harakatlarini tomosha qilishingiz mumkin.


"Atletiko"dan "Barselona"ga o'tgan Arda Turan hozir qaerda?

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика