"Man Siti"ga qarshi o'yinda "Real" tarkibida ikkita yo'qotish bo'lishi mumkin
23 apr 2022 22:53
Yangiliklar
"Man Siti"ga qarshi o'yinda "Real" tarkibida ikkita yo'qotish bo'lishi mumkin
Futbolchilar jarohatdan to'liq qutilganlari yo'q.
Marca nashrining yozishicha, "Man Siti"ga qarshi ECHL yarim finalining dastlabki o'yinida "Real" safida ikki o'yinchi maydonga tushishi so'roq ostida bo'lib turibdi. Gap David Alaba va Kazemiro haqida ketmoqda.
Alaba "Osasuna"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Futbolchi MRT qilinganda, uning mushaklarida muammo aniqlangan.
Kazemiro esa 19 aprel kungi mashg'ulotlarda sonining orqa qismidan jarohat olgandi.
Eslatib o'tamiz, ECHL yarim finalidan o'rin olgan "Manchester Siti" va "Real Madrid" o'yini 26 aprel kuni soat 23:59 da boshlanadi.
Fikrlar