“Man Siti” so'nggi uch uchrashuvda raqiblari darvozasiga 62 ta zarba berdi. Raqiblari esa – 4
10 mar 2019 09:42
Yangiliklar


“Man Siti” so'nggi uch uchrashuvda raqiblari darvozasiga 62 ta zarba berdi. Raqiblari esa – 4
“Manchester Siti” Angliya chempionatining 30-turida “Uotford” (3:1)ni taslim etdi.
Gvardiola jamoasi ushbu uchrashuvda raqib darvozasi tomon 19 bor zarba yo'llashga erishdi, raqib esa atiga ikki bor zarba berishning uddasidan chiqdi.
28-turda “Bornmut”ga (1:0) qarshi bahsda “shaharliklar” raqib darvozasiga zarba berish borasida 23:0 ko'rsatkichni qayd etgan bo'lsa, “Vest Xem” (1:0) bilan bellashuvda bu statistika 20:2 ko'rinishni oldi.
SHu tariqa “Siti” so'nggi uch turda raqib darvozasiga 62 ta zarba yo'naltirdi, raqiblarda esa bu atiga 4 tani tashkil etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar