“Man Siti” sobiq direktori Saudiya Arabistoni chempionati prezidentiga aylandi
24 jan 2023 09:55
Yangiliklar
“Man Siti” sobiq direktori Saudiya Arabistoni chempionati prezidentiga aylandi
Britaniyalik funkcioner Garri Kuk Saudiya Arabistoni Premer-Ligasi rahbariga aylandi.
65 yoshli Kuk liganing ijrochi direktori va prezidenti lavozimini egalladi.
U 90-yillarda “Nike” kompaniyasida, shuningdek, “Manchester Siti”dagi faoliyati bilan tanilgan. Kuk 2008 yilda “shaharliklar” bosh direktori etib tayinlangan va 2011/12 yilgi mavsumgacha shu lavozimda ishlagan. Aynan uning boshqaruvi davrida “Siti” APL chempionligini qo'lga kiritib, yangi davr boshlanishiga sababchilardan biri bo'lgandi.
Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronalduning “Al Nassr”ga o'tishini moliyaviy daromadga aylantirish maqsadida Garri Kukning tajribasiga tayanmoqda.
Fikrlar