"Man Siti" bilan 1:1 o'ynagan "Vest Bromvich" bosh murabbiyi Slaven Bilich istefoga chiqarildi
16 dek 2020 17:46
Yangiliklar


"Man Siti" bilan 1:1 o'ynagan "Vest Bromvich" bosh murabbiyi Slaven Bilich istefoga chiqarildi
"Vest Bromvich" bosh murabbiy Slaven Bilichni istefoga chiqardi.
Jamoaning yangi bosh murabbiyi Sem Ellardays bo'ladi, u klub bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi.
66 yoshli angliyalik 2018 yilning mayida "Everton"dan istefoga chiqarilgandan beri ishsiz yurgan edi.
Ellardays Angliya Premer-ligasi 14-tur doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi o'yindayoq "Vest Bromvich"ni maydonga boshlab tushadi.
"Vest Bromvich" jadvalda 13 o'yindan so'ng 7 ochko jamg'argan holda 19-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar