"Man Siti" bilan 1:1 o'ynagan "Vest Bromvich" bosh murabbiyi Slaven Bilich iste'foga chiqarildi

Alisher
16 dek 2020, 17:46
"Vest Bromvich" bosh murabbiy Slaven Bilichni iste'foga chiqardi.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Sem Ellardays bo'ladi, u klub bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi.

66 yoshli angliyalik 2018 yilning mayida "Everton"dan iste'foga chiqarilgandan beri ishsiz yurgan edi.

Ellardays Angliya Premer-ligasi 14-tur doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi o'yindayoq "Vest Bromvich"ni maydonga boshlab tushadi.

"Vest Bromvich" jadvalda 13 o'yindan so'ng 7 ochko jamg'argan holda 19-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: wba.co.uk