"Man Siti" agar shartnomani uzaytirmasa, Sterlingni sotishi mumkin. "SHaharliklar" 50 mln funtdan ko'p olishmoqchi
19 fev 2022 15:25
Yangiliklar
"Man Siti" agar shartnomani uzaytirmasa, Sterlingni sotishi mumkin. "SHaharliklar" 50 mln funtdan ko'p olishmoqchi
"Manchester Siti" Rahim Sterling bilan xayrlashishi mumkin.
"SHaharliklar" shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda. Muzokaralarning hal qiluvchi raundi mavsum so'nggiga rejalashtirilgan.
Agar angliyalik yangi kelishuvga imzo chekmasa, "Man Siti" uni sotishi mumkin.
Klub bunday holatda 27 yoshli o'yinchi uchun 2015 yilda "Liverpul"ga to'langan 50 mln funtdan ko'prog'ini talab qiladi.
Sterlingning shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar