Igor Sergeev: "Keyingi o'yin borligi sabab hisobdagi farqni oshirmoqchi edik"
05 mar 2025 00:52
Yangiliklar
Igor Sergeev: "Keyingi o'yin borligi sabab hisobdagi farqni oshirmoqchi edik"
— O'yindan taassurotlar qanday?
— Tarixda birinchi marta g'alaba qozondik, albatta quvonchli. Havo sovuq edi, minus harorat, ammo yigitlar harakat qilishdi. Murabbiyning ko'rsatmasini bajarishga harakat qildik, qaerdadir uddaladik, qaerdadir yo'q. Keyingi o'yin borligi sabab hisobdagi farqni kattaroq qilmoqchi edik, ammo murabbiylar, yigitlar, hamma bu hali boshlanishi ekanini, javob o'yini borligini biladi va u erda bir necha barobar og'irroq bo'ladi. Sababi ular uyda o'ynashadi, tarkiblari to'liq bo'ladi. Bugun asosiy tarkibda o'ynamagan bo'lsam ham mamnunman.

— Jarohatdan tiklanganingizdan so'ng o'zingizni qanday his qilyapsiz?
— Ikkita rasmiy o'yinda harakat qildim, bunga qadar yig'inda esa 5-6ta o'yin o'tkazdim va jarohat bezovta qilmayapti. Hozirda jarohat haqida o'ylamaslikka harakat qilyapman va bu takrorlanmasligi uchun mashqlar qilyapman.
— Bunga qadar ham "Al Hilol"ga qarshi o'ynagansiz va gol ham urgansiz. O'sha "Al Hilol" bilan bugungisining farqi qanday?
— Farq yaqqol ko'rinib turibdi. Oldin ham yaxshi o'yinchilar bo'lgan, ammo jahon darajasida emas, Osiyo darajasida. Hozirgi nomlarni butun dunyo biladi. Umuman olganda, nafaqat "Al Hilol", balki butun Saudiya Arabistoni umuman o'zgarganib ketgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar