So’nggi yangiliklar

03:01ОЧЛ. "Шанхай Порт" "Йокогама Маринос"га, "Ал Райян" эса ўз уйида "Ал Аҳли"га имкониятни бой берди  1 02:55ЕЧЛ. Дортмунддаги ўйинда дуранг қайд этилди, "Арсенал" эса кейинги босқич масаласини ҳал қилди  17 02:53ЕЧЛ. "Реал" 1/8 финалнинг дастлабки ўйинида "Атлетико"дан устун келди  96 02:10Отабек Жўрақўзиев: "Футболда ҳамма нарса бўлишини кўрсатиб қўйдик"  6 01:58Педру Морейра "Ал Ҳилол" устидан қозонилган тарихий ғалабадан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  8 01:41Абдулла Абдуллаев: "Бундай ўйинларда руҳий тайёргарлик биринчи ўринга чиқади"  3 00:59ЕЧЛ. "Астон Вилла" 1/8 финалнинг биринчи ўйинида "Брюгге"ни меҳмонда таслим этди  4 00:52Игорь Сергеев: "Кейинги ўйин борлиги сабаб ҳисобдаги фарқни оширмоқчи эдик"  5 23:18"Реал" Лондон клубидан 70 млн фунтга баҳоланаётган ўйинчига қизиқмоқда  0 22:58Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" турнирдаги илк мағлубиятини "Пахтакор" майдонида қабул қилиб олди  220 22:28"Ливерпуль" собиқ ўйинчиси Минамино яна 2 йил Францияда қолади  2 21:44Расман: Ўзбек телеканаллари Англия кубогини намойиш этади  26 20:25Антони "Бетис"да яна бир йил қолмоқчи. МЮ вингери Испания клубида 7 ўйинда 3+2 қайд этди  5 20:00Субименди учун АПЛдан яна икки даъвогар чиқди  1 19:54Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Ҳилол": Асосий таркиблар маълум  26

Pedru Moreyra "Al Hilol" ustidan qozonilgan tarixiy g'alabadan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Pedru Moreyra "Al Hilol" ustidan qozonilgan tarixiy g'alabadan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

Elit OCHL nimchorak final bahsidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" (1:0) bahsidan so'ng "Sherlar" bosh murabbiyi Pedru Moreyra va yarim himoyachi Abdurauf Bo'riev matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Kecha aytib o'tganimdek qiyin bahs bo'ldi. Biz bugun juda kuchli jamoaga qarshi tartibli o'yin namoyish eta oldik. "Al Hilol" bizdan ko'ra ko'proq vaqt davomida to'pga egalik qilishi kutilgan edi. Kecha biz himoyaviy futbol namoyish etamizmi deya qiziqishgandi. Bugun biz ko'zlagan o'yin qanday bo'lganini bilib oldingiz. Biz bor etiborimizni o'yinni to'g'ri tashkil etishga qaratgandik. Bugun futbolchilarimiz juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Biz ko'proq himoyaga etibor berib, raqibni bo'sh qolgan zonalarda ushlashga harakat qildik. Dastlabki 30 daqiqani "fantastik" tarzda o'tkazdik. Endi bizni Riyoddagi uchrashuv kutib turibdi. Safardagi bahs bugungidan ham qiyinroq kechishi aniq. Futbolchilarga rahmat aytaman va ular bilan kiyinish xonasida ham gaplashdim. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz" - dedi Pedru Moreyra.

"Bunday sovuq kunga qaramay bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Raqib Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri edi. Bosh murabbiyimizning taktikasi tufayli bunday natijaga erishdik, ammo hali jang tugamadi. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak" - deya aytib o'tdi Abdurauf Bo'riev bugungi bahs haqida.

- Bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Jamoangizda keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rish uchun yana bir hafta vaqt bor. Safar uchrashuvi haqida qanday fikrdasiz? Riyodda bo'lib o'tadigan uchrashuvda "Al Hilol" o'ziga qulay sharoitda bo'ladi. Bugungi uchrashuvdan kelib chiqib, yana nimalarni o'zgartirishingiz mumkin?

- Dastlab, bugungi g'alabadan xursand bo'lib olaylik(kuladi). Keyin esa, safar bahsi haqida o'ylaymiz. Bugun futbolchilarim o'z harakatlari bilan raqibga gol urishga bermadi. Bunday maydon raqib uchun noqulaylik tug'dirgandir, ammo biz ham xuddi shu maydonda futbol o'ynadik. Biz 3-4ta yaxshi vaziyat yaratdik. Raqibimiz esa bizdan ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo ular bugun gol urisha olishmadi. Shu bois, jamoamning ayni damdagi holati haqida ijobiy fikrdaman. Safarda bahs ham qiyin kechadi. Katta muxlislar bilan tuladigan stadion va umuman boshqa kayfiyatdagi raqib. Bizni bunday ob-havoda yolg'izlatib qo'ymagan muxlislarimizdan minnatdorman. Toshkentdagi o'yinlarda ishtirok etish juda yoqimli, sababi bu erda "fantastik" atmosfera bor.

- Brayan Riaskosning holati haqida gapirib o'tsangiz...

- Riaskosni o'yindan kelib chiqib zaxiraga oldik. U ayrim bir vaziyatda charchab qolgan yoki qaysidir vaziyatda pressingda yaxshiroq qatnashmagan bo'lishi mumkin. Bu o'yindagi holatdan kelib chiqib qabul qilingan qaror.

- Kecha o'yindan oldingi matbuot anjumanida O'rinboev haqida berilgan savol ijtimoiy tarmoqlarda ancha ko'p gap-so'zlarga sabab bo'ldi. O'rinboevni keyingi uchrashuvlarda maydonda ko'rishimiz mumkinmi?

- Biz maydondagi futbolchilar haqida gapirishimiz kerak, mening nazarimda. Ular bunga loyiq. Men maydonga eng yaxshi va ayni damda asosiy tarkibdan joy olishga eng loyiq futbolchilarni tanlayman. Bu mening qarorim. Men O'rinboev bilan bor-yo'g'i ikki kun ishladim, xolos. Bunday qisqa vaqt davomida jamoa bilan birga bo'lgan futbolchini maydonga tushirishim boshqa futbolchilarga nisbatan adolatsizlik bo'lardi. Yana bir bor takrorlayman, O'rinboev o'z o'rni uchun kurashishi kerak va u barchasini isbotlashga qodir. Men uchun futbolchilarni almashtirishdan oson ishning o'zi yo'q, lekin biz jamoa o'yiniga mos keladiganlarga ko'proq murojaat qilishimiz kerak. Sobirxo'jaev bugun o'ynamadi, ammo uning o'rnini Bo'riev muvaffaqiyatli egalladi. Abdurauf juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Bu haqda barcha futbolchilar bilan gaplashganman. Masalan, yonimda o'tirgan Bo'riev bilan birinchi kundayoq bu haqda kelishib olganmiz. Har bir futbolchi o'z o'rni uchun kurashishi kerak.

Abdurauf Bo'rievga savol

- Abdurauf, sizning fikringizcha, bugungi uchrashuvning qaysi jabhasida "Paxtakor" raqibdan ustunlik qildi?

- So'nggi 5-10 daqiqani hisobga olmasak, biz to'liq o'yin davomida raqibdan qolishmadik. So'nggi daqiqalarda hisobni ushlab qolish uchun o'ynagandek tuyulgan bo'lishi mumkin. O'yin so'ngida raqib bosim qildi. Hujumchilarga uzun paslar va qanotdan paslar orqali hujum qilishdi. Biz ularga deyarli imkoniyat bermadik va shu sababli yaxshi natijaga erishdik, deb o'ylayman.

- "Paxtakor" o'zining eng yaxshi o'yin darajasiga chiqishga intilmoqda, deb aytib o'tdingiz. Sizningcha, "Paxtakor" taxminan qachon o'zining o'zining eng yaxshi sport formasida bo'ladi. Shuningdek, bugun jamoangiz namoyish etgan o'yinga baho berib o'tsangiz. Masalan, o'n ballik baholash tizimida bugungi o'yinga necha baho bergan bo'lardingiz.

- Bugungi bahs bizning bor-yo'g'i uchinchi rasmiy uchrashuvimiz edi. Biz murabbiylar shtabi bilan strategiya ishlab chiqqanmiz. Biz o'z g'oyalarimizni amalga oshirishimiz kerak. Hozirgi kunda namoyish etayotgan o'yinimizdan qoniqish hosil qilyapman. Dastlabki uchta bahs haqida o'ylaydigan bo'lsak, taassurotlarim ijobiy. Bugun biz oddiy jamoaga qarshi o'ynamadik. Biz dastlabki daqiqalarda raqibga imkoniyat bermadik. Biz ushbu bosqichga qadar etib kelishni juda istagandik. Bilasiz, keyingi mavsum OCHLda ishtirok etmaymiz. Bizning maqsadimiz ushbu musobaqaga imkon qadar tezkorroq qaytish.

O'zbekiston futboli rivojlanayotgan mamlakat. Men "Paxtakor"dan taklif olganimda, mamlakatingiz futbolini o'rganib chiqqan edim. O'zbekistonda yosh va iqtidorli futbolchilar ko'p. Bu haqda avval ham aytgandim. Terma jamoangiz mundialga yo'l olishiga tilakdoshman. Mening mehnatlarim mevasi o'zbek futboliga foyda keltirishini istayman. Men O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqish yo'lidagi kichkina hissamni qo'shishga harakat qilaman, agar ushbu vazifani bajara olsam, men xursand bo'laman.



Reyting: +16   

Fikrlar

+2   
05 mar 02:56:41
Абдугаффор . N
Мтж га шу бусаям яхшиди.
+2   
05 mar 02:29:33
Ochilov Farobiddin
Ўринбоев хақида берилган саволдан кейин интернетда кенг мухокамага сабаб бўлганмиш ола Нортой, Ўринбоевни агентими дейман бу ?
+1   
05 mar 04:19:18
W. W. W Uz
Пахтакор 180 градусга узгарди, коил колиш керак мураббийга. Эй Уринбоевни фанати журналистча бир оз кисип тур кани, вакти келип тушурар униям. Нега шунака сизлар ааа дарров бошлайсилар буни туширмади уни туширмади, ахир мураббий энди келди, жамоа билан у купрок бирга, сизу биздан кура купрок тушунар футболни, бекорга келмагандур ахир. Омад Пахтакорга. Биз чиройли уйин тарафдори. Насаф мухлиси.
+1   
05 mar 02:30:48
Ochilov Farobiddin
Холматовни жамоадан кетқазиб юборсаям бўлади, на хужумда на химояда фойдаси тегди
+1   
05 mar 02:07:54
hayrulla Mansurov
ПАХТАКОРГА КЕЙИНГИ УЙИНДА ХАМ ОМАД, АГАР ПАХТАКОР БЕЗ СОМНЕНИЯ УЙНАСА, ГАЛАБА ШУБХАСИЗ ЮТИЛСА УЗБЕКИСТАН ХАММА ВИЛОЯТИ МУХЛИСЛИК КИЛАДИ, АСЛИДА ПАХТАКОР ШУБХАЛИ УЙИНЛАРГА УРИН КОЛДИРМАСЛИК КК, ЧЕТ ЕЛЛИК МУРАББИЙ КУРИНИБ ТУРИБДИ ДАРАЖАСИ, ХАЛОЛ ,КУЧЛИ УЙИН ТАРАФДОРИ ЕКАНЛИГИ, МЕХМОНДА КАНДАЙ НАТИЖА БУЛИШДАН КАТТИЙ НАЗАР , ПАХТАКОР 2 УЙИНДАН БЕРИ ЯХШИ УЙНАЯПТИ, НАМАНГАНЛИК МУХЛИСЛАР
+1   
05 mar 02:05:31
Fc Milan20
Keyingi o'yinda qarshi hujumlarda zo'r imkoniyat bo'ladi, qarshi hujumlar ustida ishlash kerak. Shu qarshi hujumlar o'zbek futbolini og'riqli nuqtalaridan biri. Sifatli qarshi hujum tashkil etolmaydi jamoalarimiz. Bugun Doston Xamdamov nechta qarshi hujumni boshini yedi. Shu sabab keyingi O'rinboyevni sinab ko'rish kerakdir. Kelajagi bor o'yinchi, yo'qolib qolmasligi kerak Muhammadali.
+1   
05 mar 02:01:28
fc Surxon
SHu jurnalistlar ham trenerga yopishib oldida ozi biladi o'rinboyevni maydonga tushiradimi yoki yoqligini
   
05 mar 04:07:27
Abdusalom Mirzayev
Ochilov Farobiddin foydalanuvchining fikriga javob berish
Ўринбоев хақида берилган саволдан кейин интернетда кенг мухокамага сабаб бўлганмиш ола Нортой, Ўринбоевни агентими дейман бу ?
Ўзбекда, заказ бўлгандирда, ўзимизни мураббий бўлса еб кетарди, лекин яна бир икки уриниб кўришади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика