So’nggi yangiliklar

00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

Mamur Saidqosimov: "Lokomotiv" futbolchilariga issiq kiyimda maydonga tushish mumkin emas deyilmadi" Yangiliklar

Mamur Saidqosimov: "Lokomotiv" futbolchilariga issiq kiyimda maydonga tushish mumkin emas deyilmadi"

Kecha Superlganing 23-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsdan so'ng mezbonlar shifokori Abror Pirriev o'z telegram kanalida "Lokomotiv" futbolchilari shortik tagidan issiq kiyim (gamash) kiyish imkoniyatiga ega bo'lishmaganini yozdi. Bunga o'yin nazoratchisi va komissari ruxsat berishmagani bayon etildi.

Bu holatga oydinlik kiritish maqsadida bahs nazoratchisi Mamur Saidqosimovga murojaat qildik.

"Lokomotiv" vakillari va shifokori o'yindan oldin futbolchilar shortik tagidan issiq kiyim kiyishlari borasida mendan ruxsat so'rashgani rost. Men IFAB tomonidan tasdiqlangan O'yin qoidalarida Futbolchilar ekipirovskasi bandida quyidagicha yozilgan:

"SHortikning tagidan kiyiladigan kiyim/trika shortikning asosiy rangi yoki quyi qismi rangi bilan bir xil bo'lishi kerak – bitta jamoa o'yinchilari bir xil rangdan foydalanishlari zarur".

SHu qoidaga ko'ra men ham nazoratchi sifatida shortik rangi bilan bir xil issiq kiyim bo'lsa marhamat bemalol kiyish mumkin deb javob berdim. Biroq "Lokomotiv" vakillari faqat qora rangdagi kiyim borligini malum qilishdi. Futbolchilarning kasal bo'masligini men ham xohlayman, biroq buning uchun tasdiqlangan O'yin qoidalarini buza olmayman. Nima uchun ranglar qatiy belgilangan: bu bosh va qanot hakamlari uchun to'p uchun kurashlarda va o'yindan tashqari holatlarni aniqlashda yordam beradi.

Etibor bersangiz ikkala klub darvozabonlari qora shortikda o'ynashdi va ichidan qora issiq kiyim bilan maydonga tushishdi. Ularga hech kim hech narsa degani yo'q.

Abror Pirriev OCHL musobaqalarida bunga ruxsat berishgan deb yozganiga kelsak, agar kecha "Lokomotiv" futbolchilari qora shortikda maydonga tushishganida men ham ruxsat berardim qora issiq kiyimga, - deydi Mamur Saidqosimov.



Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика