Mamlakatdagi noroziliklar sabab Kolumbiya Amerika kubogi mezbonligidan mahrum bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
21 may 2021, 07:56
Kolumbiya 2021 yilgi Amerika kubogini o'tkaza olmaydigan bo'ldi.

Avvaliga musobaqa Kolumbiya va Argentinaning qo'shma mezbonligida o'tkazilishi lozim edi. Endilikda bahslar faqatgina Argentinada bo'ladi. 

Bunga sabab Kolumbiyada o'tkazilayotgan norozilik akciyalari va mamlakatda koronavirus bilan bog'liq yuzaga kelgan holatdir. 

Hozirda Kolumbiyada soliqlar oshib ketishi yuzasidan noroziliklar o'tkazilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Amerika kubogi 13 iyun - 10 iyul kunlari tashkil etiladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca