So’nggi yangiliklar

13:13Афсуски, 4 кун олдин майдонда хушини йўқотган 27 ёшли футболчи вафот этди  0 12:34Ким чемпион бўлади? "Ман Сити" ёки "Арсенал"? "Ливерпуль" тўртталикка ҳам кирмайди? Каррагер ва Невилл батли  1 12:11Ҳайдаров: "Хоразм"га гол уриш осон эмас"  0 11:47"Мағлубият учун айбни ўз зиммамга оламан"  3 11:17Мексикани ўзига қаратган Аббосбек Махсталиев ва Бобур Давлатов ҳозир қаерда?   5 11:08Европанинг бир қатор топ клублари қизиққан Аргентина олимпия терма жамоаси аъзоси фаолиятини Россияда давом эттиради  1 10:54"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - 11 ёшли Амаль ва Амир Насибуллаевлар  0 10:39Криштиану Роналду навбатдаги совринини қўлга киритди  3 10:10Даниеле де Росси Шомуродов борасида бир қарорга келди  23 09:43"Ал Насср"ни ТОП мураббий бошқариши мумкин. Буни шахсан Роналду истамоқда  6 09:15Чемпионлик учун жиддий курашни мақсад қилган "Атлетико" навбатдаги трансферини расман эълон қилди  1 08:47"Челси" яна бир ҳужумчи учун 50 миллион фунт тўлашга тайёр  1 08:19"Барселона" ҳимоячиси жиддий жароҳат олди ва узоқ муддатга сафдан чиқди  8 07:53«Ливерпуль» ёзги трансфердаги илк харидини амалга оширди  2 07:26Про лига. Бугун Қашқадарё дербиси бор  2

Mamlakat futboli taqdirini o'z faoliyatidan ustun qo'ygan Ravshan Ermatov 42 yoshga to'ldi Yangiliklar

Mamlakat futboli taqdirini o'z faoliyatidan ustun qo'ygan Ravshan Ermatov 42 yoshga to'ldi

Bugun jahon futboli rekordchisi, Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi Ravshan Ermatov o'z tavallud kunini nishonlayapti.

Ravshan Sayfitdinovich Ermatov - 1977 yilning 9 avgust kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Futbolchi sifatida Toshkent viloyatining “G'azalkent” klubida o'ynagan. Og'ir jarohat sabab futbolchilik faoliyatini yakunlab hakamlikka o'tgan. Ijobiy manoda “yaxshiyam, o'shanda Ravshan aka jarohat olgan ekan, bo'lmasa dunyo ahli futbolimizni kim yoki qaysi erishgan natijamiz evaziga tanirdi?”, deging keladi. 

Ravshan Ermatovning “G'azalkent”dagi o'yinlari, jarohat olishi, uchrashuvga hakam kelmagani uchun qo'liga ilk bor hushtak olgani va shu bahona dunyoga mashhur referi bo'lib ketgani haqida malumotga egasiz. Bugungi qahramonimiz 2003 yili 25 yoshida FIFA hakamiga aylangan. Faoliyati davomida besh marta (2008, 2009, 2010, 2011, 2014 yillarda) Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. 

Ermatov Jahon chempionatlari final bosqichida eng ko'p o'yin boshqargan hakam hisoblanadi. U mundialda 11 ta o'yinda bosh hakam vazifasida harakat qilgan. Futbol tarixida dunyodagi hech bir hakam bunday natijaga erisha olmagan. Hamyutimiz ikkita Osiyo Kubogi finalida ishlagan birinchi hakam hamdir. U 2011 yili Qatar, shu yil esa BAAdagi qita chempionati finalini boshqargan.


Bundan tashqari, Ravshan Ermatov to'rtta Osiyo Kubogida ishlagan yagona hakam hisoblanadi: Xitoy-2004, Qatar-2011, Avstraliya-2015, BAA-2019. Bu musobaqa hamyurtimiz uchun beshinchisi bo'lishi ham mumkin edi, ammo 2007 yilgi Osiyo Kubogida ishlashiga Kanadada o'tgan yoshlar o'rtasidagi JCH xalal bergandi. Ermatov Osiyo Kubogida o'yinlarni boshqarish bo'yicha ham etakchi - 14 ta uchrashuv. Keyingi o'rinlarda Saad Komil (9 ta o'yin) va SHamsul Maydin (8 ta o'yin) qayd etilgan.


SHuningdek, u O'zbekistonda 2006 yildan 2015 yilgacha ketma-ket 10 marta mamlakatimizning eng yaxshi hakami sifatida etirof etilgan. Ravshan Ermatov besh marta (2007, 2011, 2013, 2015, 2017) OCHL finalini boshqargan. 2008 va 2017 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishlagan. 2012 yilgi Olimpiadaning futbol bahslarida hakamlik qilgan.


2010 yilgi Jahon chempionatida Ravshan Ermatov eng yosh hakam bo'lgandi. O'sha mundial uning faoliyatidagi eng muhim musobaqa sifatida yodda qolgan. Ermatov yosh bo'lishiga qaramay, o'z brigadasi bilan mundialda beshta o'yinni boshqarib, o'ziga xos rekord o'rnatgandi.


Oradan to'rt yil o'tib Braziliyada o'tkazilgan jahon chempionatida yana to'rtta o'yinda hakamlik qilib, jami to'qqizta uchrashuvni boshqargan dunyodagi birinchi hakamga aylangan. Hamyurtimiz bungacha sakkizta o'yinda hakamlik qilgan franciyalik Joel Kuinio, meksikalik Benito Archundiya hamda urugvaylik Xorxe Larriondani ortda qoldirgan edi.


Ravshan Ermatov va u erishgan yutqlar haqida juda ko'p gapirish, yozish mumkin. Hakamimiz “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 

Xabaringiz bor, yaqinda Ravshan Ermatov faoliyatida kutilmagan burilish yuz berdi. Davlatimiz rahbarining tavsiyasi bilan hakamimiz O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti lavozimiga saylandi. 


“Yuksak ishonch uchun muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa, turli yillarda futbolimiz ravnaqiga o'z xissasini qo'shgan, futbolimiz rahbarlari va mutaxassislariga futbol jamoatchiligi va o'z nomimdan rahmat aytaman. Futbolimiz oldida turgan og'ir, jiddiy va masuliyatli vazifalarni bilib turib, bir chekkada tomoshabin bo'lib turish, ona Vatanimni sevishim, futbolni yaxshi ko'rishim va vijdonimga aslo to'g'ri kelmaydi. Albatta, futbol bu jamoaviy o'yin. Agar barchamiz birlashib, ahil bo'lib, faxriylarimiz duosini olib, mutaxassislarimiz, muxlislarimiz, hammamiz halollik bilan adolat bilan yondoshib, borimizni berib, yagona maqsad yo'lida futbolga xizmat qilsak ishonchim komilki, har qanday qiyinchiliklarni engib o'tamiz”, - degandi Ermatov tayinlov nutqida.


O'sha muloqot davomida jurnalistlar O'FA vice-prezidentiga hakamlik faoliyatingizni davom ettirasizmi, deya savol berishganida, javob shunday bo'lgandi.

“Boshida davom ettiraman deb o'ylagan edim. Ammo futbolni ichiga kirganimdan keyin tushundimki, bu juda qiyin ekan. Bir vaqtning o'zida ikkita quyonning ketidan yuguradigan bo'lsangiz, ikkalasini ham qo'ldan boy berishingiz mumkin. Oldimdagi eng asosiy maqsad - o'zbek futboli haqida bosh qotirish. Menga xalqaro faoliyatimni davom ettirish imkoniyati berildi, ammo vaqt kam. Bir ishga qo'l urdikmi, borimizni berishimiz kerak. SHu bois hozircha hakamlik faoliyatda tanaffusga chiqdim”.


Alisher Nikimbaev Ermatov haqida:

“Ikki yil avval o'zbek futboli katta tamirlashga muhtoj edi, bugun uni qaytadan boshlashga to'g'ri keladi. Vazifa qiyin, biroq uddalsa bo'ladi. Asosiysi, Ermatov oldida turgan vazifalarni juda yaxshi tushunadi. U aynan nimani almashtirish kerakligini biladi. SHu bilan birga, u milliy futbolimiz ravnaqi yo'lida ishlashga tayyor va qodir bo'lgan mutaxassislar etarlicha ekanidan xabardor. Yana bir muhim narsa: Ermatovda O'zbekiston futbol jamoatchiligi ishonchi bor, bu unga yangi ishda yordam berishi kerak”.


Sayfiddin Ermatov, Ravshan Ermatovning otasi

“O'g'lim shahrimizdagi 115-maktabda talim olgan. So'ng Titov nomli sport-internatida o'qishini davom ettirdi. SHundan so'ng O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida, ikkinchi mutaxassislik bo'yicha iqtisodiyot universitetida bilim oldi. Qonida bo'lgani uchun futbolga qiziqdi. O'g'limning hech bir o'yinini o'tkazib yubormayman. Keyin birga o'yinlarini tahlil qilamiz va qaerda xatoga yo'l qo'ygani borasida gaplashmiz. Bazi bir joylarda boshqacharoq qaror qabul qilish kerakligi haqida aytaman. U boshqarib borayotgan o'yinlari vaqtida asabiylashib turaman, lekin faxr tuyg'usi kuchlilik qiladi. Onasi bilan bergan tarbiyamiz zoe ketmaganidan xursand bo'laman. Ravshanni yoshligidan adolatga o'rgatganmiz. Qo'shnilarimiz uni to'rt yoshligida velisopedda uchirishardi. Bir kuni uning oyog'iga velisopedning tizmasi terini yirtib, tizzasigacha kirib ketgandi. Keyinchalik Ravshan olti oy shifoxonada yotdi. Tibbiyot xodimlari uning o'ng oyog'ini kesishimiz ham mumkin deyishgandi. Yaxshiyamki, hammasi yaxshi yakun topdi va o'g'limning oyog'i tuzalib ketdi. Ravshan futbolchilik faoliyatini boshlashga ham muvaffaq bo'lgandi. Ammo har safar to'qnashuvda uning tizzasi bezovta qilardi. Keyinchalik shifokorlar unga futbolchilik faoltiyatini to'xtatishi kerakligini aytishdi. Agarda shu jarohat bo'lmaganida, o'g'lim yaxshi futbolchi bo'lib etishardi. Lekin peshonasiga hakam bo'lish yozilgan ekan. O'sha paytda men O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida murabbiy bo'lib ishlab kelayotgandim. Ravshan esa qattiq qayg'uda edi. Uni chalg'itish maqsadida o'zimga yordamchi qilib oldim. Lekin uning ko'zlari yonib turmasdi. O'z ishini uddalardi, ammo  ko'zlarida shijoat sezilmasdi. Bir kuni shahar birinchilikida o'yini boshlanishi kerak bo'lgan vaqtda hakam etib kelolmay qoldi. SHunda Ravshanga xushtak va libosni berib, “o'zingni sinab ko'r” dedim. O'sha uchrashuvni kamchiliklarsiz boshqarmagan bo'lsada, lekin katta etirozga sabab bo'ladigan xatolarga yo'l qo'ymagandi. SHundan so'ng uni hakamlar maktabiga olib bordim. Ingliz tilini o'rganish uchun qo'shimcha darslarga qo'ydim va har doim tekshirib, kuzatib bordim. Uni o'yinlarini video olish uchun kamera sotib oldim va o'yinlarini tahlil qila boshladik. O'z xatolari ustida ishladi va keyinchalik bu mehnatlarning samarasini ko'rdi. Fursatdan foydalanib, Ravshanni tug'ilgan kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Baxtimizga sog' bo'lsin!”.


SHuhrat Po'latov, FIFA futzal hakami, Ravshanning do'sti

“Paxtakor” futbol klubiga kelganimda, o'sha paytlarda Ravshan bizdan yosh bo'lishiga karamasdan o'zidan bir-ikki yosh kattalarga ham o'ynayverardi. “Paxtakor” mashg'ulotlaridan birga qaytardik. Uylarimiz bir-biriga yaqin edi. Vaqt o'tib, mashg'ulotlar Ravshanlar yashaydigan uyning yonida, sobiq Ostrovskiy bog'ining ichidagi maydonga ko'chdi. Aynan o'sha paytdan do'stligimiz boshlangan. Keyinchalik jamoalarda birga o'ynadik. SHaxsan mening hakam bo'lishimga ham Ravshan sababchi bo'lgan. Fursatdan foydalanib, birinchi galda do'stimning ota-onasiga rahmat aytmoqchiman. Yurtimizga shunday insonni tarbiyalab, voyaga etkazib berishdi. Do'stim bilan faxrlanaman va bugungi tavallud kuni bilan oilamiz va o'z nomimdan muborakbod etaman. Tug'ilgan kun muborak, do'stim!”.


O'z o'rnida biz ham yuqoridagi tilaklarga qo'shilamiz. SHaxsiy yutuqlaridan mamlakatimiz futboli taqdirini ustun qo'ygan hakamimizga bugungi tavallud kun muborak bo'lsin deb niyat qilamiz.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика